Kontent qismiga oʻtish

Mutlaq qora jism

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Mutlaq qora jism - har qanday temperaturada oʻziga tushayotgan barcha nurlanishlarni (toʻlqin uzunligidan qatʼi nazar) yuta oladigan jism; yutish krbiliyati birga teng. Mutlaq qora jismj. nurlatgan yorugʻlikning spektral tarkibi va energiyasi faqat shu jism temperaturasi bilan aniqlanadi, ammo uning kimyoviy tarkibiga bogʻliq boʻlmaydi. M.k, j. tabiatda mavjud emas, uni faqat sunʼiy yoʻl bilan hosil qilish mumkin. Buning uchun ichi kovak, no-shaffof jism biror aniqtragacha qizdiriladi. Teshik A dan jism kovagi S ga kirgan har qanday nur S ichki devordan koʻp marta kaytishi natijasida toʻliq yutiladi, orqaga qaytib chiqmaydi (rasmga q.). Yuqorida koʻrsatilgan tarzda biror temperaturagacha qizdirilgan jismning teshigidan chiqayotgan nurlanishni Mutlaq qora jismj.ning nurlanishi deyish mumkin. Mutlaq qora jismj. qonunlari jismlarning xossalarini aniqlashga imkon beradi va muhim ilmiy va amaliy ahami-yatga ega. Masalan, Mutlaq qora jismj.ning Plank nurlanish qonuni energiya kvantlari haqidagi gʻoyani ilgari surdi. Bu esa, oʻz navbatida, kvant mexanikaga asos soldi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil