Kontent qismiga oʻtish

Munye Emmanyuel

Vikipediya, erkin ensiklopediya

MUNYE (Mounier) Emmanyuel (1905.1.4, Grenobl — 1950.22.3, Parij) — fransuz faylasufi, personalizm asoschisi. 1932-yilda "Espri" ("Esprit") jur.ga asos solgan. M. taʼlimotining asosida shaxsning mutlaq qadrqimmatini tan olish yotadi. M. shaxs tushunchasini individ tushunchasidan keskin farqladi. Uningcha, individ oʻz baxtini koʻzlasa, shaxs jami-yat manfaatlari toʻgʻrisida qaygʻurishi, dunyoviy ideallar bilan qanoatlanmay, pirovardida tabiat va jamiyat shart-sharoitlaridan ustun turmogʻi lozim. M. shaxsni kurash va insoniyatga faol xizmat qilishga daʼvat etgan, maʼnaviy kamolotga intilishni qar bir shaxsning asosiy vazifasi deb bilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil