Kontent qismiga oʻtish

Mariella

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mariella kemasi, Kustanmiekka boʻgʻozi (Xelsinki)

Mariella - Finlandiyaning Viking Line kompaniyasiga qarashli, 11 palubali kema. U Xelsinki — Mariehamn / Langnäs — Stokgolm yoʻnalishi boʻyicha muntazam reyslarni amalga oshiradi. 1985-yilda SF Line yuk tashish kompaniyasi buyurtmasiga asosan, Viking Line korparatsiyasining bir qismi sifatida qurilgan[1].

Kema Finlandiyaning Turku shahridagi Wärtsila kemasozlik zavodida qurilgan. Ishga tushirish rejasi 1984-yil 8-aprelda tuzilgan va shu yilning 28-sentabrda ishga tushirilgan. U 1989-yilgacha dunyodagi eng katta (kruiz paromi) kema boʻlgan.

Kemani suvga tushirish ishlari 1984-yil 18-aprelda boshlangan boʻlsa, 1984-yil 28-sentabrda u ishga tushirildi. Dengiz sinovlaridan muvafaqiyatli oʻtgan kema, 1985-yil 18-mayda SF-Line AB (Viking Line korparatsiyasi operatori) ga topshirildi[2].

Ekspluatatsiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mariella kemasi Xelsinki-Mariehamn/Longnaes-Stokgolm yoʻnalishi boʻyicha eng uzun uzluksiz ishlash boʻyicha rekordchi hisoblanadi.

1996-yilning yoz mavsumida Xelsinkida toʻqqiz soatlik dam olish vaqtining oʻrniga Mariella jadvaliga Xelsinkidan Tallinga toʻxtab oʻtish rejasi tuzildi va amalga oshirildi, biroq bu reja amalda oʻzini qoqlamadi va yoʻnalish yopildi.

2000-yil sentabr oyida Mariella paromi Naantali zavodida modernizatsiya qilindi. Orqa panduslar va yangi tezyurar qutqaruv qayiqlari oʻrnatildi. Ichki koʻrinishi ham sezilarli darajada yangilandi va jamoat joylari qayta qurildi.

Keyingi katta taʼmirlash 2006-yil sentabr oyida Naantali shahrida boʻlib oʻtdi. Bu safar boj olinmaydigan savdo doʻkoni qayta qurilib, yangi diskoteka zali va yana 1 ta restoran barpo etildi.

Qiziqarli faktlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mariella 1994-yil sentabrida Estoniyadagi kema halokatiga yetib kelgan birinchi parom edi. Qutqaruv operatsiyalari davomida ekipajda 15 nafar tirik qolgan odamlar bortga olib chiqdi. Yana 11 kishi qutqaruv vertolyotida olib kelindi, chunki Mariella bortidan qutqaruv operatsiyasi davomida vertolyot qoʻnadigan joy sifatida foydalanilgan.

Deyarli barcha Viking Line kema (eng yangi Viking XPRS va Viking Greysdan tashqari) nomlarining oxirgi qismi -ella qoʻshimchasi bilan (Gabriella, Mariella, Amorella, Rosella, Cinderella). Ushbu anʼana kompaniya asoschisining rafiqasi sharafiga tashkillashtirilgan.

  1. Viking Line rasmiy veb-sayti
  2. MarineTraffic-dagi paromning hozirgi holati, texnik xususiyatlari va fotosuratlari