Li
Qiyofa
Li (oʻzlarini lay deb atashadi) — Xitoydagi xalq. Xaynan orolining tub joy aholisi (860 ming kishi, 1990-yillar oʻrtalari). Li tilida soʻzlashadi. Anʼanaviy dinlarga sigʻinish saqlangan. Ayollarining yuzi, qoʻli va oyogʻidagi tatuirovkasi, kiyim va taqinchoqlari bilan farq qiluvchi 5 asosiy etnografik guruhga boʻlinadi. Dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik, ovchilik bilan shugʻullanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |