Kontent qismiga oʻtish

Laplas Pyer Simon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Laplas Pyer Simon
Tavalludi 23-mart 1749
Vafoti 5-mart 1827
Fuqaroligi Fransiya[1]

Pierre-Simon Laplace (1749.23.3, Normandiya, Bomon-an-Oj — 1827.5.3, Parij) — fransuz astronomi, matematigi va fizigi. Parij Fanlar akademiyasi akademik (1785). Fransiya akademiyasi aʼzosi (1816). Parij harbiy maktabi professor (1766-yildan). Fransiyada oliy taʼlim tizimini qayta tashkil etishda, Normal va Politexnik maktablar yaratishda qatnashgan. Oʻlchovlarning metrik sistemasini kiritishga rahbarlik qilgan (1790). Laplasning ilmiy faoliyati astronomiya boʻyicha osmon mexanikasi, kosmogoniyaga; matematika boʻyicha differensial tenglamalarta; fizika boʻyicha issiqlik, molekulyar fizika va akustikaga bagʻishlangan. Uning "Osmon mexanikasi haqida traktat" asari (1798—1825) shu sohalarga bagishlangan. 1796-yilda Laplas Quyosh sistemasining paydo boʻlishi haqida kosmogonik gipotezani ishlab chikdi. Algebra, ehtimollar nazariyasi, matematik fizika, termodinamika sohasidagi ishlari ham muhim. Laplas falsafiy qarashlari bilan fransuz materialistlariga yaqin turgan.[2]

  1. (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil