Kontent qismiga oʻtish

Kuchluq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kuchluq (baʼzi manbalarda ismi Kushluxon, Kashli, Kushluk, Kojlak, Gyujlyuk shaklida uchraydi) (? — 1218) — Chingizxon taʼqibidan gʻarb tomon qochgan nayman qabila uyushmasi boshligʻi. Vaymanlar xoni Tayanxonning ugli. 1210-yil K. qoraxitoylarnsh magʻlubiyatga uchratgan, 1211-yil gurxonnn asir olib, Xoʻtan, Yorkend, Qashqar, Yettisuv va Fargʻona viloyatlaridan iborat qoraxitoylar davlatining sharqiy hududida oʻz davlatini barpo etgan. Muhammad Xorazmshoh K. hujumidan xavfsirab, 1215-yil Sirdaryoning oʻrta oqimi boʻylaridagi shaharlar (jumladan, Toshkent) aholisini jan.gʻarbga koʻchirtirgan. Musulmonlarni quvgʻin qilish bilan K. fuqarolarining bir qismini oʻziga qarshi qilib quygan. K. dastlab nasroniy boʻlgan, biroq keyinchalik gurxonning sobiq qayligʻiga uylanib, buddaviylikni qabul qilgan. K. musulmonlardan dindan qaytib xristianlik yoxud buddizmni qabul qilishlarini, juda boʻlmasa islomdan zohiran voz kechib xitoyliklar libosida yurishlarini talab qildi. Oʻzining bu maqsadiga erishish uchun K. musulmonlar yashaydigan uylarga jangchilarini joylashtirib qoʻygan va boʻysunmaganlar ustidan nazorat qilish uchun ularga juda keng huquqlar bergan. Jamoa boʻlib namoz oʻqish va daryo berish mutlaqo toʻxtatilgan. 1218-yil Chingizxon K.ga qarshi Jebe noʻyon boshchiligidagi 20000 kishilik qoʻshin joʻvatgan. Jebe noʻyon K. davlati hududiga kirib, har bir kishi ota-bobolari diniga erkin ibodat qilish huquqini olajagini eʼlon qiladi va bu bilan musulmonlarni K.ga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarishlariga undaydi. Qashqardagi musulmonlar uylaridagi jangchilarni oʻldirib, moʻgʻullarni xuddi xaloskorlaridek koʻtib olganlar. K. Sarikoʻlga qochgan, biroq moʻgʻullar tomonidan qoʻlga olinib qatl qilingan.

  • Mirzo Ulugʻbek, Toʻrt ulus tarixi, T., 1994.

Faxriddin Hasanov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil