Kontent qismiga oʻtish

Klavishli musiqa cholgʻulari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Klavishli musiqa cholgʻulari — maʼlum tartibda joylashtirilgan klavishlarga barmoqlar bilan bosib chalinadigan musiqa cholgʻulari. Tovush hosil etilishiga qarab, klavishli torli urma (qad. klavikord, hozirgi fortepiano, royal), klavishli torli tirnama (klavesin va boshqalar), klavishli pnevmatik damli sozlar (organ), klavishli pnevmatik tilchali (akkordeon, fisgarmoniya), klavishli urma plastinkali (chelesta, qoʻngʻiroqchalar) cholgʻularga boʻlinadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil