Joan Finney
Joan Finney | |
---|---|
Kanzas shtatining 42-gubernatori | |
Mansab davri 1991-yil 14-yanvar – 1995-yil 9-yanvar | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1925-yil 12-fevral Topeka, Kanzas, AQSh |
Vafoti |
2001-yil 28-iyul (76 yoshda) Topeka, Kanzas, AQSh |
Siyosiy partiyasi |
Respublikachi (1974-yilgacha) |
Turmush oʻrtogʻi | Spencer Finney |
Taʼlim | Washburn universiteti (BA) |
Joan Marie Finney (1925-yil 12-fevral — 2001-yil 28-iyul) amerikalik siyosatchi boʻlib, 1991—1995-yillarda Kanzas shtatining 42-gubernatori boʻlib ishlagan. Gubernator lavozimida ishlagunga qadar Finney 1975-yildan 1991-yilgacha Kanzas shtati gʻaznachisi sifatida toʻrt muddat ishlagan. Finney ushb lavozimlarda ishlagan birinchi ayol edi[1].
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Finney Joan Marie McInroy Kanzas shtatining Topeka shahrida tugʻilgan. U Leonard va Mary Sands McInroyning qizi edi. Uning otasi uning tugʻilishidan koʻp oʻtmay oilani tark etdi[2]. McInroy 1942-yilda Kanzas shtatining Manxetten shahridagi oʻrta maktabni tamomlagan. 1957-yilda u Spencer Finneyiga turmushga chiqdi. Finneylarning uchta farzandi bor edi: Sarah „Sally“ Finney Timm, Richard Finney va Mary Finney Holladay. 1978-yilda Finney Uoshbern universitetini iqtisodiyot tarixi boʻyicha bakalavr darajasini tamomlagan.
Siyosiy martabasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1953-yildan 1969-yilgacha Finney respublikachi AQSH senatori Frank Carlsonning shtabida ishlagan. 1970-yildan 1972-yilgacha u Kanzas shtatining Shoni okrugi saylov komissari lavozimida ishlagan. 1972-yilda Respublikachi sifatida qatnashib, u Kanzasning 2-kongress okrugida AQSh Vakillar palatasi deputatligiga muvaffaqiyatsiz nomzod boʻldi. U, shuningdek, Topeka meri Bill McCormickning maxsus yordamchisi boʻlib ishlagan.
Siyosiy mansubligini respublikachidan demokratga oʻtkazgandan soʻng, Finney 1975-yildan 1991-yilgacha Kanzas shtati gʻaznachisi boʻlib ishlagan. U bu lavozimni egallagan birinchi ayol edi.
Gubernatorlik faoliyai
[tahrir | manbasini tahrirlash]1990-yilda Kanzas gubernatorligi uchun Demokratik partiyaning boshlangʻich saylovida Finni sobiq gubernator John W.Carlinni magʻlub etdi. Keyin u umumiy saylovlarda amaldagi respublikachi Mike Haydenni magʻlub etdi va AQSh tarixida umumiy saylovlarda amaldagi gubernatorni magʻlub etgan birinchi ayol boʻldi.
Kanzas shtatining birinchi ayol gubernatori boʻlishdan tashqari, Finney Kanzasning birinchi Rim-katolik gubernatori edi. U tubjoy amerikaliklarni qoʻllab-quvvatlaganligi bilan tanilgan va oʻz davridagi abortga qarshi kam sonli Demokratik gubernatorlardan biri edi.
Finney gubernator sifatida faqat bir muddat ishladi va 1994-yilgi saylovdan keyin nafaqaga chiqdi[3].
Post-gubernatorlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]1996-yilda Finney Amerika Qoʻshma Shtatlari Senatiga nomzod boʻldi. U Demokratik partiyaning praymerizda 74 % ovoz olgan Jill Dockingga magʻlub boʻldi va keyinchalik umumiy saylovda Sam Brownbackka yutqazdi.
Finney 2001-yilda Topekadagi Avliyo Frensis kasalxonasida jigar saratoni asoratlaridan vafot etgan. U Topekadagi Goʻlgota togʻi qabristoniga dafn etilgan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Joan Finney“. kshs.org. Qaraldi: 22-mart 2019-yil.
- ↑ „Joan Finney“. www.nndb.com. Qaraldi: 17-sentabr 2018-yil.
- ↑ Myers. „Trailblazer did it her way | CJOnline.com“. cjonline.com. 1-avgust 2001-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-aprel 2017-yil.
- ↑ Demuth, Gary. „Women in History — Joan Finney“. Salina Journal (18-mart 2017-yil).