Kontent qismiga oʻtish

Jalolobod (Afgʻoniston)

Koordinatalari: 34°25′49″N 70°27′10″E / 34.43028°N 70.45278°E / 34.43028; 70.45278
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jalolobod

جلال‌آباد
shahar
34°25′49″N 70°27′10″E / 34.43028°N 70.45278°E / 34.43028; 70.45278
Mamlakat Afgʻoniston
Viloyat Nangarhor
Hukumat
 • Hokim Qori Ehsonullo Sajid[1]
Asos solingan 1570
Markazi balandligi 575 m
Aholisi
 (2021)
280,685[2]
Zichligi auto kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+4:30
Jalolobod xaritada

Jalolobod (/əˈlæləˌbæd/ ; جلال آباد) – Afgʻonistonning beshinchi eng yirik shahri. Nufusi taxminan 356 274 kishi[3]. Mamlakatning sharqiy qismida, poytaxt Kobuldan taxminan 130 kilometr (80 mi) masofada joylashgan, Nangarhor viloyatining markazi. Jalolobod Kobul daryosi va Kunar daryosining tutashgan joyida Hindukush togʻlarining janubidagi platoda joylashgan[4]. U gʻarbda Kobul-Jalolobod yoʻli va Pokistonning Haybar Paxtunxva viloyatidagi Peshovar shahri bilan sharqda Torxam va Haybar dovoni orqali bogʻlangan.

Jalolobod Torxam chegara oʻtkazish punktiga yaqinligi tufayli ijtimoiy va savdo faoliyatining yetakchi markazi hisoblanadi, Pokiston chegarasidan 65 km (40 mi) uzoqlikda joylashgan[5]. Asosiy sanoat tarmoqlariga qogʻoz ishlab chiqarish, shuningdek qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, jumladan apelsin, limon, guruch va shakarqamish yetishtirish kiradi, buning uchun issiq iqlim qoʻl keladi[6]. Shaharda Afgʻonistonning ikkinchi yirik taʼlim muassasasi – Nangarhor universiteti faoliyat olib boradi. Asrlar davomida bu shahar afgʻon podshohlari tomonidan yaxshi koʻrilgan[7] va u afgʻon sheʼriyatida madaniy ahamiyatga ega[4]. Temurshoh Durroniy davrida Jalolobod Afgʻonistonning qishki poytaxti vazifasini oʻtagan[8].

Qadimgi va oʻrta asrlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qadimgi davrda Nagarhara va Odinapur kabi nomlar bilan maʼlum boʻlgan Jalolobod miloddan avvalgi 1-ming yillikning oxirida Yunon-Buddaviylik madaniyatining asosiy markazi boʻlib, Ahin Posh majmuasi bunga misoldir.

Shahar haqida saqlanib qolgan ilk yozma manbalar milodiy 1-ming yillikning boshlarida xitoy buddaviy rohiblari tashrif buyurganligi haqidagi maʼlumotlarga toʻgʻri keladi. Miloddan avvalgi 400-yillarda rohib Faxian „Nagarhara“ ga tashrif buyurdi va „Budda soyasi gʻori“ kabi muqaddas buddaviy joylariga sajda qildi[9]. Milodiy 630-yilda Syuan Szan „Odinapur“ va yaqin atrofdagi boshqa joylarga tashrif buyurdi.

Buddaviylik davri 1-ming yillikning oxirlarida mintaqa musulmon kuchlari tomonidan zabt etilgandan keyin tugay boshladi. Biroq, Islomni qabul qilish tez sodir boʻlmagani aniq. Milodiy 982-yilda yozilgan „Hudud ul-Olam“ asarida Jalolobod yaqinidagi qishloqqa ishora qilinadi, u yerda mahalliy qirolning musulmon, buddist va hindu xotinlari boʻlgan[10].

Bogʻi Shohi saroyi va bogʻlari, 1920-yil.
19-asrda tasvirlangan amir bogʻlari.

Viloyat 10-asrda Gʻaznaviylar imperiyasi tarkibiga kirdi. Sabuktegin bu yerni Kashmirdagi Nilum daryosining gʻarbiy qismiga qoʻshib oldi. „Togʻlar orasida yashagan afgʻonlar va xiljilar Sabukteginga qasamyod qilib, koʻplari uning qoʻshiniga jalb qilingan, shundan soʻng sarkarda Gʻaznaga gʻalaba bilan qaytib kelgan“[11]. Keyinroq Gʻaznaviylar oʻrnini Gʻuriylar egalladi va Islom imperiyasini Hindistongacha kengaytirdi. Jalolobod atrofidagi hudud keyinchalik Xalji hududiga, keyin esa Temuriylar davlatining bir qismiga aylandi[12].

Zamonaviy davr

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jalolobodning asl nomi Odinapur ekanligi aytiladi[13]. Jalolobod XVI asrning soʻnggi oʻn yilligida Boburning nabirasi Jaloliddin sharafiga nomlangan. Zamonaviy shahar Boburiylar imperiyasining asoschisi Bobur davrida mashhurlikka erishdi. Bobur ushbu shahar uchun joy tanlagan, shaharning oʻzi esa 1560-yilda uning nabirasi Jaloliddin Muhammad Akbar tomonidan qurilgan[14].

Taxminan 1738-yilgacha Nodir Shoh va uning afshor qoʻshinlari boburiylarni magʻlub qila boshlagan paytgacha shahar Boburiylar davlatining bir qismi boʻlib qoldi. Nodirshoh qoʻshinlariga Afgʻoniston janubidan kelgan yosh Ahmadshoh Durroniy va uning 4000 kishilik afgʻon armiyasi hamrohlik qildi. 1747-yilda Ahmadshoh hududni qayta boʻysundurgach, Durroniylar davlatiga (Afgʻon imperiyasi) asos soladi. Afgʻon armiyasi uzoq vaqtdan beri Hindiston yarimorolidagi harbiy yurishlarida oldinga va orqaga qarab shahardan foydalangan.

1834-yilda Doʻstmuhammadxon Jalolobodga yurishda Jalolobodni egalladi[15].

Birinchi ingliz—afgʻon urushi paytida 1838-yilda ingliz-hind qoʻshinlari Jalolobodga bostirib kirdi. 1842-yil Jalolobod jangida afgʻon shahzodasi Vazir Akbarxon ingliz qoʻshinlarini Jalolobodga ketayotganda qamal qildi. 1878-yilda, Ikkinchi ingliz—afgʻon urushi paytida, inglizlar yana Jalolobodga bostirib kirib, lagerlar quradi, ammo ikki yildan soʻng shaharni tark etadi[16].

Jalolobod pushtun madaniyatining eng muhim shaharlaridan biri hisoblanadi. Amir Habibullo va Omonullaxonning qarorgohi sanaladigan Siroj ul-Imorat 1929-yilda Bachai Sakao (asl ismi Habibullo Kalakoniy) hokimiyat tepasiga kelganida vayron qilingan; boshqa maʼbadlarda esa oʻtmish qoldiqlari saqlanib qolgan. Ikkala hukmdorning maqbarasi Siroj ul-Imoratga qaragan bogʻ bilan oʻralgan. Ilmiy izlanishlari bilan mashhur boʻlgan pushtun oilasi Sulaymonxillar Jaloloboddan. Boshqa mashhur pushtun oilalari ham Jalolobod yaqinidagi qishloqlardan kelib chiqqan.

1960—1970-yillarda Regi Shamshodxon deb nomlangan yangi bosh rejaga ega shahar qurilishi boshlandi[17].

1978-yildan 1990-yillarning boshigacha shahar sovetlar qoʻllovidagi Afgʻoniston Demokratik Respublikasi uchun strategik manzil boʻlib xizmat qilgan. 1989-yil mart oyida Pokiston va AQSh tomonidan qoʻllab-quvvatlangan ikki mujohid isyonchi guruhi Jalolobod jangi paytida shaharga hujum qildi. Biroq hukumat kuchlari ularni ikki oy ichida haydab chiqarishga muvaffaq boʻldi, bu qarshilik jangchilari va Idoralararo razvetka xizmati uchun katta toʻsiq boʻldi[18]. Shahar kuchli bombardimon qilindi va yuzlab tinch aholi halok boʻldi. 2 oy davom etgan jangda maktablar, kasalxonalar va jamoat binolari kabi koʻplab binolar vayron qilindi[19].

Jalolobodning yuqoridan koʻrinishi, 2012-yil

Prezident Najibulloning isteʼfosidan keyin, Jalolobod 1992-yil 19-aprelda Muhammad Yunus Xolisning mujohidlari qoʻliga oʻtdi[20]. 1996-yil 12-sentyabrda Tolibon shaharda oʻz nazoratini oʻrnatdi va 2001-yil oxirida AQSh qoʻllovidagi afgʻon kuchlari tomonidan agʻdarulgunga qadar bu nazoratni oʻzida saqlab qoldi. Al-Qoida Jalolobodda terrorchilar tayyorlash lagerlarini qurgan. Shahar Hamid Karzay davrida afgʻon hukumati nazoratiga qaytdi.

Jalolobod iqtisodiyoti oxirgi oʻn yillikda bosqichma-bosqich oʻsib bordi. Shahar aholisining koʻpchiligi Afgʻoniston milliy xavfsizlik kuchlariga qoʻshila boshladi. Qurilish ishlari ham kuchaydi. Jalolobod aeroporti uzoq vaqtdan beri NATO kuchlari uchun harbiy baza vazifasini oʻtagan. 2011-yilda AQShning Kobuldagi elchixonasi Jalolobodda konsullik ochishni rejalashtirayotganini eʼlon qildi[21]. 2007-yil mart oyida AQSh dengiz piyodalari Jalolobod yaqinida 19 qurolsiz tinch aholini oʻldirdi va 50 kishini yaraladi, hodisani The New York Times gazetasi Hadisa qirgʻini bilan solishtirgan. Aybdorlarning hech biri jiddiy jazo olmagan[22]. Jihodchi isyonchilar tomonidan koʻplab xudkushlik hujumlari sodir boʻldi, xususan 2013-yil avgustda, 2015-yil aprelda, 2018-yil yanvarda, 2018-yil iyulda, 2018-yil sentyabrda, 2019-yil oktyabrda va 2020-yil avgustda. Hujumlar uchun masʼuliyatni Tolibon, Haqqoniy tarmogʻi, Al-Qoida, va IShID kabi guruhlar oʻz boʻynilariga olganlar.

2021-yilning 15-avgustida Tolibon yana shaharni egallab oldi[23][24]. Uning qoʻlga olinishi Kobuldan tashqi dunyoga olib boradigan soʻnggi magistralni uzdi va oʻsha kuni Kobul quladi. Uch kundan keyin 18-avgust kuni namoyishchilar Afgʻoniston Tolibon bayrogʻini tushirib, uning oʻrniga avvalgi Afgʻoniston hukumatining uch rangli bayrogʻini qoʻyishdi.

2021-yilda shahar aholisi 280 685 kishini tashkil qiladi[2]. U oltita tumanga boʻlinadi va umumiy yer maydoni 12 796 gektarni tashkil etadi. Shahardagi turar-joylarning umumiy soni 39 586 ta[25].

Jalolobodning deyarli barcha aholisi musulmon, sunniy islomga eʼtiqod qiladi. Jalolobod, shuningdek, mamlakatdagi sikxlarining markazidir, biroq urushlar boshlanganidan beri jamoa shaharda (va butun mamlakat boʻylab) kamaygan[26][27]. Xuddi shunday, shaharda hind ozchilik jamoalari ham istiqomat qiladi[28].

Yerlardan foydalanish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jalolobod Afgʻoniston sharqidagi mintaqaviy markaz, Pokiston bilan chegaraga yaqin. Qishloq xoʻjaligida yerlardan foydalanish 44% ni tashkil etadi, 1–5 tumanlarda turar joy zichligi yuqori, boʻsh yer uchastkalari esa 6-tumanda toʻplangan. 1–6 tumanlarning barchasida yoʻllar tarmogʻi mavjud[25].

Jalolobod shahridan Spingʻor togʻlarining koʻrinishi
Kobul daryosi qirgʻogʻidan shimolga qarab shahar tomon koʻrinishi

Jalolobodning iqlimi issiq choʻl (Köppen: BWh) va u Afgʻonistondagi eng issiq joylardan biridir[29]. Shahar iqlimi AQShdagi Arizona shtati iqlimiga juda oʻxshaydi[30]. Shaharda, asosan, qishda va bahor oylarida yiliga 152-203 mmgacha yogʻin tushadi. Ayozlar tez-tez uchramaydi, yozda esa harorat maksimal 49 °C gacha yetishi mumkin[31].

Shaharning pastroq balandlikdagi shimoliy va janubi-gʻarbiy qismlari shimol va gʻarbiy shamollarga qulay joy boʻlib, shamollar yoz oylarida ushbu qismlarni sovutadi. Jalolobod yozda Afgʻonistonning boshqa shaharlariga nisbatan eng yuqori nisbiy namlikka ega. Biroq qishning moʻtadil harorati tarixda turli odamlarning shaharda oʻz turar-joylarini barpo etishiga olib kelgan[31]. Jalolobod (Peshovar bilan birga) Afgʻonistonning aksar qismiga nisbatan issiq havo harorati tufayli koʻpincha oʻtgan asrlardagi turli afgʻon hukmdorlarining „qishki poytaxti“ boʻlgan[8][32], bu esa, Kobulda sovuq haroratdan qochgan boylarning Jaloloboddan villalar sotib olib, koʻchib kelishiga olib kelgan[33].

Flora va faunasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jalolobod koʻp miqdorda mevalarning vatani hisoblanadi. Apelsin, tangerin, greypfurt, limon, laym kabi turli xil sitrus mevalari bogʻlarda oʻsadi[31]. Apelsin daraxtlari uch yilda bir marta hosil beradi. Norinj apelsin navi eng keng tarqalgani boʻlib, uning poʻs[[]]tlogʻi sariq, taʼmi esa apelsin va greypfurtning chatishmasidan iborat. Bu yerda yetishtirilgan greypfurtlarning diametri sakkiz yoki toʻqqiz dyuymga teng. Jalolobodda yiliga 1800 tonna anor, 334 tonna uzum, 7750 tonna tut yetishtiriladi[34]. Mevalar mahalliy bozorlarda sotiladi yoki eksport qilinadigan Kobul bozorlariga olib ketiladi. Ikkinchi eng keng tarqalgan ekin shakarqamishning mahalliy vataniy navidir. Tarkibida 15% shakar mavjud[35]. Jalolobodda Afgʻonistondagi eng yirik xurmo fermasi ham bor[36].

Transport tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jaloloboddagi rikshalar

Jalolobod aeroporti (shuningdek, Nangarhor aeroporti deb ham ataladi) shahar markazidan taxminan 3 milya (4.8 km) janubi-sharqda joylashgan. Fuqarolik samolyotlari uchun moʻljallangan mahalliy aeroport[37] Nangarhor va qoʻshni viloyatlar aholisiga xizmat koʻrsatadi.

Jalolobodni Pokiston temir yoʻllari bilan bogʻlaydigan Afgʻoniston temir yoʻl tarmogʻini tashkil etish boʻyicha takliflar mavjud boʻlib, bu ikki davlat oʻrtasida tovarlar, odamlar va savdo aylanmalarini oshirish imkonini beradi[38].

Jalolobod asosiy yoʻllar orqali poytaxt Kobul, Pokistonning Haybar Paxtunxva viloyatidagi Peshovar shahri va yaqin atrofdagi mamlakatning bir qancha shahar va qishloqlari bilan bogʻlangan. Afgʻoniston va Pokiston oʻrtasidagi barcha savdo-sotiq ishlari shu shahar orqali oʻtadi. Jalolobod va Kobul oʻrtasidagi avtomobil yoʻli 2006-yilda yangilangan va bu ikki muhim shahar oʻrtasidagi tranzit vaqtini qisqartirgan. Ushbu avtomagistral koʻplab baxtsiz hodisalar tufayli dunyodagi eng xavfli yoʻllardan biri hisoblanadi[39]. Koʻproq sayyohlarni jalb qilish va ikki davlat oʻrtasida yuklarning xavfsiz oʻtishini taʼminlash uchun mavjud yoʻlni kengaytirish va xavfsizlikni yaxshilash niyatida Jalolobod va Peshovar oʻrtasidagi yoʻl tarmoqlarini yaxshilash ham taklif qilingan.

Diqqatga sazovor joylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻozi Omonullaxon xalqaro kriket stadioni Gʻozi Omonullaxon shaharchasi yonida joylashgan boʻlib, u Jaloloboddan taxminan 15 milya (24 km) janubi-sharqda joylashgan. Jalolobodliklar u yerga nafaqat sport, balki dam olish uchun ham boradi. Ayniqsa, bayram paytida yoki boshqa joydan oila yoki doʻstlarni ziyorat qilishda borishadi. Bu yer, shuningdek, avtomobillari borlar orasida ham mashhur joy.

Siroj ul-Imorat bogʻi ichidagi shoh Omonullaxon maqbarasi
Siroj ul-Imorat bogʻi yonidagi savdo maydoni
  • Mehmonxonalar
    • Spingʻar mehmonxonasi
    • Sulton mehmonxonasi va restorani
    • Oq uy mehmonxonasi
  • Masjidlar
    • Oxunzoda masjidi
    • Spin masjidi
  • Bogʻlar
    • Abdulhaq bogʻi (shaharning asosiy stadionlari yonida joylashgan)
    • Amir Habibulloxon bogʻi (Siroj ul-Imorat bogʻining roʻparasida)
    • Aryan bogʻi (shaharning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan)
    • Farm Hada bogʻi (shaharning janubiy qismida joylashgan)
    • Siroj ul-Imorat bogʻi (hokim uyi yonida joylashgan)
  • Maqbaralar
  • Kasalxonalar
    • Ash-Shifo zamonaviy kasalxonasi
    • Boxtar kasalxonasi
    • Boydara kasalxonasi
    • Hassanzay shifo kasalxonasi
    • Jalolobod viloyat shifoxonasi
    • Jalolobod tibbiyot majmuasi
    • Xayruniso tibbiyot majmuasi
    • Spingʻa Momand kasalxonasi
    • Malalay shifo kasalxonasi
    • Nangarhor oʻquv kasalxonasi
    • Nosiriy kasalxonasi
    • Roxan kasalxonasi
  • Universitetlar
  • Savdo markazlari
    • Hijoz supermarketi
    • Jada supermarketi
    • Nakamura supermarketi
Nangarhor futbol stadioni (2011-yil qurilish vaqtida)

Viloyat ichki kriket musobaqalarida Nangarhor viloyati kriket jamoasi tomonidan taqdim etiladi. Terma jamoa aʼzosi Hamid Hasan bu viloyatda tugʻilgan va hozirda xalqaro kriket boʻyicha Afgʻoniston sharafini himoya qilmoqda. Gʻozi Omanullaxon xalqaro kriket stadioni Afgʻonistondagi birinchi xalqaro standartdagi kriket stadionidir. U Nangarhor viloyatidagi Jalolobodning janubi-sharqiy chekkasida joylashgan zamonaviy shaharcha Gʻozi Omanullaxon shaharchasida joylashgan. Stadion qurilishi 2010-yilning mart oyida Moliya vaziri va Afgʻoniston Kriket kengashi prezidenti Umar Zaxilval tomonidan poydevor qoʻyilgan paytda boshlangan. Gʻozi Omonullaxon shaharchasini qurayotgan ishlab chiqaruvchi tomonidan sovgʻa qilingan 30 gektar maydonda ishlab chiqilgan loyiha qurilishning birinchi bosqichiga 1,8 million dollar sarfladi. Bir yil davom etgan birinchi bosqich stadionning oʻzini yakunlashni oʻz ichiga oldi. Qolgan bosqichlarda pavilyon, oʻyinchilar uchun turar joy va maʼmuriy binolar qurilishi koʻzda tutiladi. 14 000 tomoshabinga moʻljallangan stadion milliy terma jamoa va 19 yoshgacha boʻlganlar Kanadaga joʻnab ketishlari va Irlandiyada boʻlib oʻtadigan 19 yoshgacha boʻlgan kriket boʻyicha Jahon chempionati saralash oʻyinlari oldidan qurib bitkazildi. Ikki tomon Twenty20 oʻyinida stadionni ochdi. Stadion Afgʻoniston bilan oʻynash uchun xalqaro jamoalarni jalb qila oladi, ular hozirda kamida 2013-yilgacha Bir kunlik xalqaro maqomga ega.

Jaloloboddagi professional sport jamoalari
Jamoa nomi Oʻynayotgan ligasi Sport turi Stadioni Tashkil topgan yili
Nangarhor qoplonlari (pushtucha: د ننګرهار پړانګان Da Nangarhār Pṛāngān) Afgʻoniston Premyer-ligasi Kriket Sharja kriket stadioni 2018-yil
Spingʻar yoʻlbarslari (pushtucha: سپين غر زمريان Spīn Ghar Zmaryān) Shpagiza Kriket ligasi Kriket Gʻozi Omonullaxon xalqaro kriket stadioni 2013-yil
De Spingʻar Bazan F. C. (pushtucha: د سپین غر بازان) Afgʻoniston Chempionlar ligasi Futbol Nangarhor futbol stadioni 2012-yil
Stadionlari
    • Gʻozi Omonullaxon xalqaro kriket stadioni (taxminan 15 milya (24 km) Jaloloboddan janubi-sharqda, Gʻozi Omonullaxon shaharchasi yonida)
    • Nangarhor futbol stadioni (Abdulhaq bogʻi va hokim uyi yonida)
    • Behsud kriket stadioni (Abdulhaq bogʻi va hokim uyi yonida)

Qardosh shaharlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mashhur shaxslari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Rashid Xon, kriketchi;
  • Omonullaxon, Afgʻoniston amiri va qiroli (1919–1929), shaharda dafn etilgan;
  • Abdulgʻafforxon, shaharda dafn etilgan;
  • Muhammad Gulxon Momand, shaharda dafn etilgan;
  • Tetsu Nakamura, shaharda yashagan va vafot etgan.
  1. Zarifi, Yousaf. „Control food prices, Nangarharis urge Taliban“ (2021-yil 18-avgust).
  2. 2,0 2,1 „Estimated Population of Afghanistan 2021–22“. National Statistic and Information Authority (NSIA) (2021-yil aprel). 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-iyun.
  3. „The State of Afghan Cities report2015“. 2015-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  4. 4,0 4,1 „Afghan poets dream of peace in Pashtun Jalalabad | Arts & Ent, Culture | THE DAILY STAR“. The Daily Star. 2021-01-22da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2020-12-03.
  5. "Jalālābād". Britannica.com. https://www.britannica.com/EBchecked/topic/299643/Jalalabad. Qaraldi: 2011-08-15. 
  6. „CLIMATE OF AFGHANISTAN – Afghanistan photos“. 2019-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-oktyabr.
  7. Burns, John F.; Times, Special To the New York. „Inside Jalalabad: A Sad, Crumbling Shel (Published 1989)“ (en-US). The New York Times (1989-yil 11-may). Qaraldi: 2020-yil 3-dekabr.
  8. 8,0 8,1 Wright. „Jellalabad, the bastion where General Elphinstone and others were buried during the seige [sic 1841–42.“]. www.bl.uk. 2009-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-dekabr.
  9. Kuwayama, Shoshin „The Hephthalites in Tokharistan and Northwest India“, . India and Central Asia Liu: . Permanent Black, 2012 — 240-bet. ISBN 978-8178243474. 
  10. Vogelsang, Willem. The Afghans. Wiley-Blackwell, 2002 — 18-bet. ISBN 978-0-631-19841-3. 
  11. „AMEER NASIR-OOD-DEEN SUBOOKTUGEEN“. Ferishta, History of the Rise of Mohammedan Power in India, Volume 1: Section 15. Packard Humanities Institute. 2013-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-dekabr.
  12. Hewitt. „Afghanistan | Countries | Collection of Cooper Hewitt, Smithsonian Design Museum“. collection.cooperhewitt.org. Qaraldi: 2021-yil 26-yanvar.
  13. Gazetteer of the Peshawar District 1897–98 Page 55
  14. Adamec, Ludwig W.. Historical Dictionaries of Asia, Oceania, and the Middle East : Historical Dictionary of Afghanistan. Scarecrow Press, 2011 — 264-bet. ISBN 9780810878150. 
  15. Noelle, Christine. State and Tribe in Nineteenth Century Afghanistan The Reign of Amir Dost Muhammad Khan (1826-1863) (English). Psychology Press, 1997 — 15-bet. ISBN 9781138982871. 
  16. „Jalālābād | Afghanistan“ (en). Encyclopedia Britannica. Qaraldi: 2019-yil 18-fevral.
  17. „Afghanistan, through a lifetime with Hashmat Ghani: Part 2“ (2020-yil 6-iyul).
  18. Rupert. „AFGHANISTAN REBELS LOSE KEY BATTLE“ (1989-yil 8-iyul). Qaraldi: 2018-yil 28-yanvar.
  19. „3Afghan“.
  20. „Afghan rebels capture Jalalabad“. UPI.com. Qaraldi: 2018-yil 28-yanvar.
  21. Naadem, Bashir Ahmad. „US to open consulates in more provinces“. Pajhwok Afghan News (2011-yil 24-fevral). 2011-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 15-avgust.
  22. Fintan O'Toole, 'Our Hypocrisy on War Crimes,' New York Review of Books 26 May 2022 pp. 10–13, p. 12.
  23. „Taliban sweep into Afghan capital after government collapses“. ABC News.
  24. „Taliban capture Afghanistan's Jalalabad, cut off Kabul from east“. Al Jazeera (2021-yil 15-avgust).
  25. 25,0 25,1 „The State of Afghan Cities report 2015“. 2015-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-oktyabr.
  26. Najibullah, Farangis. „'When Are You Going Back?' Afghanistan's Sikhs, Strangers In Their Own Land“ (en). RadioFreeEurope/RadioLiberty. Qaraldi: 2020-yil 3-dekabr.
  27. Kumar. „The decline of Afghanistan's Hindu and Sikh communities“ (en). www.aljazeera.com. Qaraldi: 2020-yil 3-dekabr.
  28. Bearak, Barry. „Taliban Propose an Identity Label for the 'Protection' of Hindus (Published 2001)“ (en-US). The New York Times (2001-yil 23-may). Qaraldi: 2020-yil 3-dekabr.
  29. „Afghanistan – Drainage“ (en). Britannica.com. Qaraldi: 2020-yil 3-dekabr.
  30. Michel, p. 29
  31. 31,0 31,1 31,2 Michel, p. 30
  32. Latifi. „Afghanistan halts independence festivities after wedding massacre“ (en). www.aljazeera.com. Qaraldi: 2020-yil 3-dekabr.
  33. http://www.island.lk/index.php?page_cat=article-details&page=article-details&code_title=144825 [sayt ishlamaydi]
  34. Michel, p.32
  35. Michel, p.33
  36. „Nangarhar to produce 15 tonnes of dates this year“. Pajhwok Afghan News (2021-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 26-avgust.
  37. „Civilian Flights Resume at Nangarhar Airport“. TOLOnews (2022-yil 18-iyun). Qaraldi: 2022-yil 26-avgust.
  38. „Work on Jalalabad railways station launched“. Pajhwok Afghan News (2013-yil 3-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 4-yanvar.
  39. Filkins, Dexter. „A Highway in Afghanistan Presents Scenes of Beauty and Death“. The New York Times (2010-yil 7-fevral). 2022-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-yanvar.
  40. „San Diego Jalalabad Sister Cities“. San Diego Jalalabad Sister Cities. Qaraldi: 2018-yil 28-yanvar.

19-asrda nashr etilgan

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Edward Balfour (1885), „Jalalabad“, Cyclopaedia of India (3rd-nashr), London: B. Quaritch

20-asrda nashr etilgan

[tahrir | manbasini tahrirlash]