Issiqlik (kasallik)
Issiqlik, issiqlik toshishi — qattiq terlash va terning sekin bugʻlanishi natijasida paydo boʻladigan teri kasalligi. Koʻproq issiq kunlarda goʻdaklar va yosh bolalarda, shuningdek, koʻp terlaydigan semiz kishilarda kuzatiladi (qarang Terlash). Isitmalaganda, koʻp terlaganda va isituvchi kompress qoʻyilganda ham I. toshishi mumkin. Issiqlik badanning yopiq joylariga — bolalarda koʻpincha orqa, dumba, boʻyin terisiga, dumba orasi va qoʻltiq ostidagi teri burmalariga, kat-talarda, odatda, qoʻltiq va koʻkrak bezlari ostidagi teri burmalariga yoyilib yoki toʻp-toʻp boʻlib toshadi. Toshmalar ichida tiniq suyuqligi bor pufakchalardan iborat boʻlib, mayda, baʼzan kattaligi toʻgʻnogʻich boshchasidek keladi. Toshmalar bir-biriga qoʻshilib ke-tadi. Pufakchalar birmuncha tez quriydi, pust tashlaydi va keyin iz qoldirmay yoʻqolib ketadi. I. toshgan joy qattiq qichishadi: qashilganda infeksiya tushib, terining yiringli kasalliklari paydo boʻlishi mumkin. Ayniq-sa bu holat nimjon bolalarda boshning sochli qismiga issiqlik toshganida koʻproq kuzatiladi. Issiklik toshganda vrach tavsiyasiga koʻra davo qilinadi.
Oldini olishda kizib ketishga sabab boʻladigan omillarni barta-raf etish muhim. Ochik havoda koʻproq boʻlish, xonani bot-bot shamollatib turish, margansovkaning nimrang erit-masidan vanna kabul qilish yaxshi naf beradi. Issiq kunda ip gazlamadan tikilgan kiyimlar kiyish maqsadga mu-vofiq. Yosh bolalarni haddan tashqari issiq kiyintirish, ortiqcha oʻrabchirmash yaramaydi, ularga muntazam ravishda havo va suv vannalari qabul qildirib turish foydali. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |