Kontent qismiga oʻtish

Ingliz-Xitoy urushi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ingliz-xitoy urushi (1840— 42), birinchi „afyun“ urushi — Angliyaning Xitoyga qarshi bosqinchilik urushi. Angliya Xitoyni oʻziga qaram, yarim mustamlaka yoki mustamlaka mamlakatga aylantirish maqsadida boshlagan. Angliya hukumati oʻz tovarlari, ayniqsa afyun uchun Xitoy bo-zorlarini ochish yoʻlidagi diplomatik xattiharakatlari muvaffaqiyatsizlikka uchragach (1792—93-yillardagi Ma-kartney missiyasi, 1816-yil dagi Amxerst missiyasi), inglizlar zoʻravonlik yoʻliga oʻtganlar. 1839-yil 3-iyunda imperatorning maxsus vakili Lin Szesyuy buyrugʻiga koʻra, xorijiy savdogarlardan tortib olingan afyunlar ommaviy suratda yoʻq qilina boshlangan. Bu Angliyaning Xitoyga qarshi urush ochishiga bahona boʻlgan. 1839-yilning 2-yarmida ingliz va Xitoy harbiy kemalari oʻrtasida bir necha marta qurolli toʻqnashuv sodir boʻlgan. Angliya metropoliyadan koʻmakchi harbiy qismlar yetib kelishi bilan 1840-yil iyundan Xitoyga qarshi urush eʼlon qilmasdan rejaviy harbiy harakatlarni boshlab yuborgan, inglizlar Guanchjou, Syamin, Ninbo sh.larini, Minszyan va Yanszi daryolarining quyilish havzalarini qamal qilgan. 1840-yil iyulda Dinxay (Chjou-shan o.larida) bosib olingan, avgustda ingliz kemalari Shim.dagi Tyanszin portiga kirgan, bu imperator saroyidagilarni sarosimaga solib qoʻygan. Lin Szesyuy Guandundagi vazifasidan ozod qilingan. Afyun savdosini taqiklash haqidagi 1840-yil noyabr

dagi farmon bekor qilindi. Sulh shartno-masi tuzish haqida yashirin ravishda inglizxitoy muzokaralari boshlab yuborilgan. Xitoy hukmron doiralarini yon bosishga majbur etish maqsadida 1841-yil yanvarda ingliz qoʻmondonligi Guanchjou yaqinidagi bir necha istehkomlarni egallab olgan. Bunga javoban imperator rasmiy ravishda Angliyaga urush eʼlon qilgan (1841-yil fevral). Harbiy harakatlar, asosan, Guandun viloyatida boʻlgan. 1841-yil mayda Guanchjou rayonida kelishuv bitimi imzolangan, lekin ingliz soldat va ofitserlari tinch aholini talashni davom ettirishgan. Bu Guandun, Futszyan, Szyansu va b. viloyat aholisining qurolli kurash boshlashiga sabab boʻlgan. 1841-yil avgustdan harbiy harakatlar qayta boshlangan. Inglizlar Syamin, Ninboni bosib olganlar. 1842-yil iyunda Usun (Shanxay atrofida), Chjenszyan (Yan-szida) istehkomlari egallangan. 1842-yil 29-avgustda Sin xukumati teng huquqli boʻlmagan Nankin bitimini imzolagan. Bu urush Xitoy tarixida yangi davrni boshlab bergan: Xitoy jamiyati feodal (mulkdorlik) jamiyatdan yarim mustamlaka va yarim feodal (mulkdor) jamiyatga aylana boshlagan; bu urushdan soʻng Xitoy xalqi 100 yildan ortiq davr mobaynida xorij davlatlari va ichki reaksiyaning birlashgan kuchlariga karshi kurash olib bordi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil