Iiyama (Nagano)
Iiyama 飯山市 | |
---|---|
Shahar | |
36°51′5.9″N 138°21′55.9″E / 36.851639°N 138.365528°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
{{{mintaqa_turi}}} | Chubu viloyati |
Asos solingan | 1889-yil 1-aprel |
Maydon | 202.43 km2 (78.16 kv mi) |
Iqlim turi | nam kontinental iqlim |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2019-yil fevral) |
20 118 |
Zichligi | 99 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0269-62-3111 |
Iiyama (yaponcha: 飯山市 Iiyama-shi ) Yaponiya Nagano prefekturasida joylashgan shahar. 2019 yil 1-Fevral holatgaga koʻra, shahardagi 7372 xonadonda 20,118 kishi iqtiqomat qilgan[1] va aholi zichligi taxminan 1 kvadrat kilometrga 99 kishidan toʻgʻri kelgan. Shaharning umumiy maydoni 202,43 kvadrat kilometr (78.16 mi) ni tashkil etadi. U oʻzini „Yaponiyaning ona shahri“ deb biladi va „Qor mamlakatining kichkina kyotosi“ deb nomlanadi.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iiyama Nagano prefekturasining shimoliy togʻli qismida joylashgan boʻlib, shimolda Niigata prefekturasi bilan chegaradosh. Bu hudud koʻp miqdordaqor yogʻadigan qattiq qish fasli bilan mashhur. Chikuma daryosi (Yaponiyadagi eng uzun daryo) hududning markazidan oqib oʻtadi hamda Niigata prefekturasi hududiga oʻtganda Shinano daryosi deb ataladi.
Atrofdagi munitsipalitetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nagano prefekturasi
- Niigata prefekturasi
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Dfa). Iiyamada oʻrtacha yillik harorat 11.3 °C (52.3 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,412.0 °C (2,573.6 °F) boʻlib, eng seryogʻin oy yanvar hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 24.7 °C (76.5 °F) atrofida va eng past harorati yanvarda, taxminan −1.6 °C (29.1 °F) boʻladi. Butun shahar Yaponiyadagi qor mamlakatining bir qismi hisoblanadi, bu yerda qishda koʻp qor toʻplanadi.
Iiyama (1991−2020) iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Mutlaq maksimal, °C | 12,8 | 17,3 | 23,3 | 32,2 | 33,1 | 35,5 | 37,2 | 37,6 | 36,5 | 32,1 | 25,5 | 22,2 | 37,6 |
Oʻrtacha maksimal, °C | 2,5 | 3,6 | 8,0 | 16,1 | 22,5 | 25,6 | 29,1 | 30,6 | 26,0 | 19,7 | 13,0 | 5,9 | 16,9 |
Oʻrtacha harorat, °C | −1,6 | −1,2 | 2,4 | 9,3 | 15,7 | 19,9 | 23,7 | 24,7 | 20,4 | 13,8 | 7,2 | 1,4 | 11,3 |
Oʻrtacha minimal, °C | −6,2 | −6,3 | −2,7 | 3,3 | 9,4 | 15,1 | 19,7 | 20,4 | 16,1 | 9,1 | 2,6 | −2,5 | 6,5 |
Mutlaq minimal, °C | −18,6 | −19,7 | −15,3 | −7,7 | −0,4 | 4,4 | 11,8 | 11,2 | 5,6 | −2,1 | −7 | −15,5 | −19,7 |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 171,8 | 117,3 | 96,2 | 63,1 | 69,2 | 101,4 | 155,7 | 128,8 | 127,2 | 117,2 | 96,8 | 167,4 | 1 412 |
Manba: Yaponiya Meteorologiya Agentligi[2][3] |
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi Iiyama hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Bu hudud Edo davrida Iiyama domenining bir qismi hisoblangan va shaharning oʻzagi Honda urugʻining kadet boʻlimi tomonidan boshqariladigan hamda Iiyama qal’asi atrofidagi jokamachi hisoblangan. Zamonaviy Iiyama shahri 1889-yil 1-aprelda munitsipalitetlar tizimining tashkil etilishi bilan Naganoning Shimominochi tumanida bunyod etilgan. U 1954-yil 1-avgustda Iiyama shahriga qoʻshni Akitsu, Tokiva, Yanagihara, Tozama, Kijima va Zuiho qishloqlari bilan birlashishi natijasida shahar maqomiga koʻtarildi. Shahar 1955-yilda Ōta va Okayama qishloqlari hududini ham oʻziga qoʻshib olgan.
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Iiyama aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida kamaygan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1940 | 35,156 | — |
1950 | 41,395 | +17.7% |
1960 | 37,592 | −9.2% |
1970 | 32,159 | −14.5% |
1980 | 30,073 | −6.5% |
1990 | 28,114 | −6.5% |
2000 | 26,42 | −6.0% |
2010 | 23,548 | −10.9% |
2020 | 19,539 | −17.0% |
Hukumat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iiyama toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 16 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iiyama iqtisodiyoti asosan qishloq xoʻjaligiga asoslangan boʻlib, guruch, qushqo'nmas, qoʻziqorin va kartoshka yetishtirishga alohida eʼtibor beradi. Ishlab chiqarish Butsudan sanʼati mahsulotlari, changʻi va elektronika ishlab chiqarishni oʻz ichiga oladi. Togʻ-changʻi kurortlari va issiq buloqlarga mavsumiy turizmi ham shahr iqtisodiyotiga katta hissa qoʻshadi[5].
Televizor va elektronika ishlab chiqaruvchi Iiyama kompaniyasi 1972-yilda shaharda tashkil etilgan, biroq bir qator qoʻshilishlardan soʻng kompaniya u yerdagi oʻz shtab-kvartirasi faoliyatini yakunlagan. Qadimgi ofis Iiyamaning bosh kompaniyasi boʻlib, u kompyuter sichqonchasi ishlab chiqarish markazi sifatida foydalanishda davom etmoqda[6][7].
Taʼlim tizimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iiyamada yettita davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan ikkita davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda Nagano prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi ham mavjud.
Transport
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temir yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Hokuriku Shinkansen
- Iiyama
- Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Iiyama liniyasi
- Hachisu — Iiyama — Kita-Iiyama — Shinano-Taira — Togari-Nozavaonsen — Kamisakai — Kami-Kuvanagava — Kuvanagava — Nishi-Ōtaki
Magistral yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Joshin-etsu tezkor yoʻli
- Milliy yoʻnalish 117
- Milliy yoʻnalish 293
- Milliy yoʻnalish 403
Xalqaro munosabatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- — Futian tumani, Shenjen, Xitoy - 2014-yil 10-iyuldan buyon
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mintaqada koʻplab taniqli changʻi kurortlari mavjud. Bularga Nozava Onsen changʻi kurorti, Madarao Kogen, Tangram changʻi arenasi, Togari Onsen va Hokuryuko kiradi[8]
- Kosuge qishlogʻi va Kosuge togʻining madaniy landshafti (yaponcha: 小菅の里及び小菅山の文化的景観 kosuge no sato oyobi kosugeyama no bunkateki keikan ) Yaponiyaning[9][10] landshaft dizayni hisoblanadi.
- Iiyama shuningdek, fevral oyida Iiyama qor festivali va Kamakura qor kulbasi festivali shuningdek avgust oyida Iiyama Dontokoi kabi bir qator mashhur festivallarga mezbonlik qiladi[11].
- Nagano prefekturasi va Niigata prefekturasi oʻrtasidagi chegara boʻylab Iiyama orqali oʻtadigan Shinetsu yoʻli yozda mashhur sayyohlik hududiga aylanadi[12].
- 2015-yil fevral oyida Ginnesning rekordlar kitobi shahar „bir soat ichid[13]a eng ko‘p qor odam yasash“ rekordini rasman yangilaganini tasdiqladi.
Iiyamaning taniqli odamlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Naoki Inose — yozuvchi va sobiq Tokio gubernatori
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ [http://www.city.iiyama.nagano.jp/soshiki/shiminkankyou/shimin/toukei/jyuuminkihon Iiyama city official statistics(yaponcha)
- ↑ „ja:観測史上1~10位の値(年間を通じての値)“. JMA. Qaraldi: 2022-yil 20-aprel.
- ↑ „ja:気象庁 / 平年値(年・月ごとの値)“. JMA. Qaraldi: 2022-yil 20-aprel.
- ↑ Iiyama population statistics
- ↑ Campbell, Allen. Japan: An Illustrated Encyclopedia. Kodansha, 1993 — 585-bet. ISBN 406205938X.
- ↑ Notice on the merger of affiliate companies and group reorganisation (Japanese)
- ↑ „Iiyama, Nagano to offer Iiyama LED displays and Mouse Computer PCs as part of the Furusato tax reward scheme (Japanese)“. 2015-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-yanvar.
- ↑ Destination Madarao Kogen
- ↑ {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda
sarlavha=
parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“ (ja). Iiyama. Qaraldi: 2016-yil 27-aprel. - ↑ {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda
sarlavha=
parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“ (ja). Nara National Research Institute for Cultural Properties. Qaraldi: 2016-yil 27-aprel.[sayt ishlamaydi] - ↑ Destination Madarao Kogen — Things to Do
- ↑ „NPO | the Shin-etsu Trail Club, Nagano, Shinshu, Niigata, Echigo“. 2016-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-noyabr.
- ↑ „Japan: New world record set for building snowmen“. BBC News (2015-yil 16-fevral).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Official Website (yaponcha)