Hans-Peter Briegel
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Hans-Peter Briegel[1] | ||
Tavallud sanasi | 11-oktyabr 1955-yil | ||
Tavallud joyi | Rodenbach,Gaʼrbiy Germaniya | ||
Boʻyi | 1.88 m | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1972—1974 | SV Rodenbach | ||
1974—1975 | 1. FC Kaiserslautern | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1975—1984 | 1. FC Kaiserslautern | 240 | (47) |
1984—1986 | Hellas Verona | 55 | (12) |
1986—1988 | Sampdoria | 51 | (9) |
Milliy terma jamoa | |||
1976—1978 | G'arbiy Germaniya | 6 | (0) |
1978—1979 | Germaniya B | 2 | (1) |
1979—1986 | G'arbiy Germaniya | 72 | (4) |
Boshqargan klublari | |||
1989—1992 | FC Glarus | ||
1992—1994 | SV Edenkoben | ||
1994—1995 | SG Wattenscheid 09 | ||
1999—2000 | Beşiktaş | ||
2001—2002 | Trabzonspor | ||
2002—2006 | Albania | ||
2006—2007 | Bahrain | ||
2007 | Ankaragücü | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Hans-Peter Briegel (talaffuzi: Hans Peter Briggel) (1955-yil 11-oktyabrda tugʻilgan) — nemis sobiq professional futbolchisi va murabbiyi, himoyachi yoki yarim himoyachi sifatida oʻynagan.
Oʻz davridagi eng mashhur nemis oʻyinchilaridan biri boʻlgan Briegelning oʻziga xos sport turi atletika boʻlib, u uzunlikka sakrash (shaxsiy rekordi: 7 metr 44 sm, 16 yosh), uch hatlab sakrash va beshkurashda muvaffaqiyat qozongan. Briegel shuningdek, 16 yoshida 100 metrni 10,81 soniyada bosib oʻtgan. 17 yoshida u yengil atletikani ortda qoldirib, Kayzerslautern yaqinida ona shahri SV Rodenbax jamoasi bilan klub futboli oʻynagan. Oʻyin paytida Briegel odatda chap qanot himoyachisi yoki yarim himoyachisi sifatida oʻynagan. U birinchi navbatda jismoniy qobiliyatlari, shuningdek, texnik qobiliyatlari va himoyaviy oʻyinchi uchun gol urish qobiliyati bilan mashhur boʻlgan.
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ikki yil oʻtgach, uni Erich Ribbek oʻz jamoasiga olgan uni FC Kayzerslautern mashgʻulotlarga olib borgan. 1976-yilning 10-aprelida Ribbek uni "Bavariya" ustidan 4:3 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda maydonga tushirgan. 1984- yilgacha u FC Kayzerslauternda qolgan. Keyinchalik u Italiyaning Hellas Verona shahriga koʻchib oʻtgan. Briegel oʻzining yangi klubi uchun muvaffaqiyat kaliti boʻlib, 1985- yilda Gialloblu bilan A Seriya chempionligini qoʻlga kiritgan. Oʻsha yili Briegel Germaniyada „ Fußballer des Jahres “ (Yil futbolchisi) deb topilgan, u ushbu mukofot tarixidagi ilk xorijlik sovrindori boʻlgan.
Hellas Veronadagi shartnomasi tugaganidan soʻng, Briegel 1988-yilda oʻyinchi sifatida nafaqaga chiqishidan oldin Italiya kubogini yutgan Genuyaning „UC Sampdoria“ klubiga qoʻshilgan. Keyinchalik u yana Germaniyaga qaytgan. Bundesligada 240 ta o‘yinda 47 ta gol urgan[2].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1979-yil oktyabr oyida Uelsga qarshi Yevro-1980 saralash bahsida[3] Briegel Gʻarbiy Germaniya terma jamoasi safida debyut qilgan. Oʻshanda u Gʻarbiy Germaniyaning 1982-yilgi FIFA Jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan jamoasining asosoiy oʻyinchilaridan biri boʻlgan Yupp Dervall murabbiyligi ostida Yevro- 1984da muvaffaqiyatsiz harakat qilgan. Briegel 1986-yilda Meksikadagi ketma-ket ikkinchi jahon chempionatida qatnashgan. Yevro-1988 oldidan yangi jamoa qurish uchun murabbiyning yoʻlida toʻsqinlik qilmoqchi emasligi sababli terma jamoaga chqiruvni rad etgan.
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Briegel murabbiyligidagi birinchi ish Shveysariyaning ikkinchi darajali klubi FC Glarusda boʻlgan. 1994-yilda u Germaniya quyi ligasi vakili SV Edenkoben jamoasini boshqargan. Unga 1994-yilda Bundesliganing oʻsha paytdagi ligaga tushib ketgan SG Wattenscheid 09 jamoasi berilgan lekin natijalar koʻngildagidek boʻlmagan. Natijada u murabbiylikdan yuz oʻgirgan. 1996-yilda Kayzerslautern sport direktori boʻlgan. U 1997-yil oktyabr oyida jamoa murabbiyi Otto Rexagel bilan vakolat toʻgʻrisida jiddiy tortishuv kelib chiqganidan keyin isteʼfoga chiqgan. Keyinchalik u klubga direktor sifatida qaytib kelgan.
2006-yil iyun oyida u Luka Peruzovichdan Bahrayn terma jamoasini qabul qilib olgan. Biroq, u 2007-yil 20-yanvarda 2007-yilgi Fors koʻrfazi kubogi vaqtida ishdan boʻshatilgan.
Briegelning eng soʻnggi klubi Turkiya Superligasi vakili "Ankaragücü"i boʻlib 2006—2007-yilgi mavsum yakuniga qadar murabbiylik qilgan.
Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Liga kubogi | Kontinental | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | O'yin | Gol | O'yin | Gol | O'yin | Gol | O'yin | Gol | O'yin | Gol | ||
1. Kayzerslautern | 1975—1976 | Bundesliga | 7 | 1 | ||||||||
1976—1977 | 15 | 1 | ||||||||||
1977—1978 | 22 | 4 | ||||||||||
1978—1979 | 31 | 4 | ||||||||||
1979—1980 | 33 | 7 | ||||||||||
1980—1981 | 34 | 6 | ||||||||||
1981—1982 | 32 | 13 | ||||||||||
1982—1983 | 33 | 8 | ||||||||||
1983—1984 | 33 | 3 | ||||||||||
Jami | 240 | 47 | ||||||||||
Hellas Verona | 1984—1985 | A seriya | 27 | 9 | ||||||||
1985—1986 | 28 | 3 | ||||||||||
Jami | 55 | 12 | ||||||||||
Sampdoriya | 1986—1987 | A seriya | 24 | 6 | ||||||||
1987—1988 | 27 | 3 | ||||||||||
Jami | 51 | 9 | ||||||||||
Karyerada jami | 346 | 68 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]№ | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 19.11.1980 | Niedersachsenstadion, Gannover, Germaniya | Fransiya | 2-0 | 4-1 | Oʻrtoqlik |
2 | 24.05.1981 | Keskusurheilukenttä, Lahti, Finlandiya | Finlandiya | 1-0 | 4-0 | 1982-yilgi jahon chempionati saralashi |
3 | 22.05.1984 | Letzigrund, Tsyurix, Shveysariya | Italiya | 1-0 | 1-0 | Oʻrtoqlik |
4 | 12.03.1986 | Valdstadion, Frankfurt, Germaniya | Braziliya | 1-0 | 2-0 | Oʻrtoqlik |
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Verona[6]
- A seriya : 1984—1985
Sampdoriya[6]
- Italiya kubogi : 1987—1988
Gʻarbiy Germaniya
- UEFA Yevropa chempionati : 1980[6]
Shaxsiy yutuqlar
- Bundesliganing mavsum jamoasi a'zosi: 1979—1980, 1980—1981, 1981—1982, 1982—1983[7][8][9][10]
- UEFA Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi : 1980-yil
- Yilning eng yaxshi futbolchisi (Germaniya) : 1985-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Hans Peter Briegel“. Turkish Football Federation. Qaraldi: 2020-yil 20-dekabr.
- ↑ Arnhold. „Hans-Peter Briegel – Matches and Goals in Bundesliga“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2012-yil 29-noyabr). 2013-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-yanvar.
- ↑ Arnhold. „Hans-Peter Briegel – International Appearances“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2004-yil 13-mart). 2014-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-yanvar.
- ↑ „Hans-Peter BRIEGEL“. level-k.com. Qaraldi: 2008-yil 14-noyabr.
- ↑ „Hans-Peter Briegel“. world-soccer.or. Qaraldi: 2011-yil 23-yanvar.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 „H. Briegel“. Soccerway. Qaraldi: 2014-yil 17-sentyabr.
- ↑ „Bundesliga Historie 1979/80“ (de). kicker.
- ↑ „Bundesliga Historie 1980/81“ (de). kicker.
- ↑ „Bundesliga Historie 1981/82“ (de). kicker.
- ↑ „Bundesliga Historie 1982/83“ (de). kicker.