Kontent qismiga oʻtish

Gvatemala (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gvatemala – Gvatemala Respublikasi poytaxti. Gvatemala togʻligining janubiy-sharqiy qismidagi vodiylardan birida (102 m balandlikda) joylashadi. Aholisi qariyb 2,4 mln. kishi (1999), asosan indeys va kreollar. Iqlimi subekvatorial, passatli musson iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura 15—20°. Yillik yogʻin 500—1000 mm.

Gvatemala 1524-yilda Santyago nomi bilan qurila boshlagan. 1541-yil Agau vulqoni otilganda va 1917-yil dekabr hamda 1918-yil yanvardagi zilzilada butunlay vayron boʻlib, keyinchalik qayta tiklangan. Temir yoʻl orqali Tinch okean sohili va Karib dengizining portlari bilan bogʻlangan. Xalqaro aeroport bor. Gvatemala – mamlakatning muhim sanoat markazi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻn poyabzal, mebel korxonalari, temir yoʻl ustaxonalari bor. Meʼmoriy yodgorliklardan katolik sobori (1782—1815) saqlangan. Gvatemalada bir necha universitet, Oliy politexnika maktabi, Harbiy akademiya, Iqtisod maktabi, Milliy konservatoriya, Fanlar akademiyasi (1930), Milliy institut (1945), Antropologiya va tarix instituti (1946), Meteorologiya va seysmologiya instituti, rasadxona, Milliy kutubxona va boshqalar bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil