Kontent qismiga oʻtish

Gippodam tizimi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yuqoridagi rasm: shahar odatiy (qadimgi) uslubda shakllangan.



Pastdagi rasm: hududlar toʻtburchak va kvadrat shaklda joylashgan boʻlib yoʻl tizimining isloh qilishda muhim roʻl oʻynaydi.

Gippodam tizimi yoki Gippodam shahri deb – qadimgi shahar koʻchalarining toʻgʻri burchak ostida kesishishi, jamoat binolari va bozorlarining toʻrtburchak shaklida rejalashtirish orqali standart holatga keltirish usuliga aytiladi. Ushbu uslub Aristotelning shogirdi, qadimgi yunon arxitektori Gippodamus nomi bilan bogʻliq. Turli davrlarda Gippodam tizimi[1][2] orqali koʻplab qadimiy (Pirey, Rodos, Turii, Misrning Iskandariya) va zamonaviy shaharlar rejalashtirilgan.

Gippodam tizimida asosiy koʻchalar bir-biriga perpendikulyar kesishadi. Kesishgan yoʻllar bilan chegaralangan hudud kvartal deb ataladi. Gippodam tizimida har bir hududning teng rivojlanishi asosiy maqsad qilib olingan edi. Oʻlchamlari bir xil boʻlgan turar-joy binolari shakllangan. Davrning eng mashhur kashfiyotlaridan biri kanalizatsiya xandaqlari ham aynan shu uslub bilan birga kirib kelgan. Koʻchalar asosan (imkon qadar) asosiy nuqtalarga olib borgan. Teatrlar va stadionlar turar-joylardan tashqarida qurilgan.

  1. А. С. Партина „Гипподамов город“, . Архитектурные термины. Иллюстрированный словарь, M.. ISBN 5-274-02072-0. 
  2. „Гипподамов город“, Архитектура. Краткий справочник. Минск: «Харвест», 2004 — 144-bet. ISBN 985-13-1842-6. 
  • Manhattan bosh rejasi