Kontent qismiga oʻtish

Fumarollar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fumarollar (ital. Fumarola) — Yer qaʼridan qaynoq vulkan gazlari hamda suyuq holatga aylangan suv bugʻlari oqib chiqadigan yoriq va teshiklar. Magmadan ajralib chiqqan qaynoq gazlar (N2O, HCL, HF, SO2, CO2, CO, H2S va boshqalar) birlamchi, hali sovib ulgurmagan lava okimlari va piroklastik yotqiziqlardan chiqqan gazlar i k kilamchi fumarollar lar deyiladi. Fumarollar kraterlarda, vulkanning yuqori va pastki qismlarida boʻladi. Fumarollardan gazlarning chikishi bosim ostida sodir bulib, ovoz chiqarib turadi. temperatura pasayishi bilan suv bugʻlari suyuq holatga aylanadi; termodinamik sharoitga bogʻliq holda, unda birgalikda ajralayotgan baʼzi gazlar hamda yonatrofdagi jinslar bilan reaksiyaga kirishish natijasida hosil boʻladigan va Yer yuzasiga kutarilayotganda birga olib chiqilgan gaz va moddalar eriydi, harakatdagi vulkanlar rnida gidrotermal eritmalar hosil boʻladi. Dengiz ostida vulkanik gazlarining otilib chikishi suv osti fumarollar deyiladi.