Kontent qismiga oʻtish

François Mitterrand

Vikipediya, erkin ensiklopediya
François Mitterrand
Tavalludi 1916-yil 26-oktyabr
Vafoti 1996-yil 8-yanvar
Parij
Fuqaroligi Fransiya
Kasbi Prezident
Otasi Joseph Mitterrand
Onasi Yvonne Lorrain

Francois Maurice Adrien Marie Mitterrand (1916-yil 26-oktyabr; Jarnac — 1996-yil 8-yanvar Parij) — fransuz davlat va siyosat arbobi, xalqaro sotsialistik harakatning yetakchilaridan biri. 1981—1995-yillarda Fransiya prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan.

Francois Mitterand stansiya nazoratchisi oilasida tavallud topgan. Iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay, ota-onasi Francoisga yaxshi maʼlumot berishga erishgan. Sorbonna universitetida yuridik va filologiya fakultetlarida shuningdek, Parijdagi siyosiy fanlar maktabida taʼlim olgan. Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi hisoblanadi. 1940-yilda yarador boʻlib Germaniya hududida asirga tushgan. 1945-yilda Francois Mitterand qarshilikning Demokratik va sotsialistik ittifoqi soʻl partiyasining asoschilaridan biri boʻlgan. 1946-yilda Milliy majlisga deputat qilib saylangan. 1947—1948-yillarda sobiq frontchilar ishlari boʻyicha vazir, 1948—1949-yillarda vazirlar kengashining raisi qoshidagi davlat kotibi, 1950—1951-yillarda dengiz orti hududlari ishlari boʻyicha vazir, 1952-yilda Davlat Bosh vaziri. 1953-yilda Yevropa Kengashi ishlari boʻyicha vazir, 1954—1955-yillarda Ichki ishlar vaziri va 1956—1957-yillarda Yustitsiya vaziri kabi oliy lavozimlarda faoliyat yuritgan. Uning oʻn toʻrt yillik prezidentligi Fransiya tarixidagi eng davomli prezidentlik boʻlgan.

Siyosiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1958-yilda Sharl de Goll Beshinchi respublikaga asos solganidan soʻng Francois Mitterand yangi tizimni va 1958-yilgi Konstitusiyani keskin tanqid qilib chiqqan. Keyinchalik, Mitterand soʻl muxolifat yetakchilaridan biri boʻlib qolgan. 1965-yilda Demokratik va sotsialistik soʻl kuchlar federatsiyasiga asos solgan. Aynan shu yili u prezidentlik lavozimiga oʻz nomzodini qoʻygan va ikkinchi bosqichda 44,8 foiz ovoz bilan Sharl de Gollga saylovni boy bergan[1].

1972-yilda Fransiya kommunistik partiyasi va soʻl radikallar bilan hamkorlikda soʻl kuchlar dasturini imzolagan[1].

Francois Mitterandning tashqi siyosatdagi imtiyozli yoʻnalishi „Yagona Yevropa“ni qurish hisoblangan. U Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirgan mamlakatlarning moliyaviy-iqtisodiy va siyosiy hamkorligi gʻoyasini toʻliq qoʻllab-quvvatlagan. Integratsiyaning ikkinchi doirasi sifatida Mitterand Sharq va Gʻarbning Yevropa konfederatsiyasi gʻoyasini ilgari surgan. U Fransiyaning AQSH, SSSR va GFR bilan munosabatlarini har tomonlama rivojlantirishga harakat qilgan. Prezident shuningdek, „uchinchi dunyo“ mamlakatlari bilan ham hamkorlik qilishga intilgan, bu yoʻlda Afrika mamlakatlari bilan hamkorlikka alohida eʼtibor qaratgan[2].

Sotsialistlar va kommunistlar 1969-yilgi saylovlarda alohida-alohida boʻlib qatnashganlar va biri 5 foiz, ikkinchisi 21,5 foiz ovoz olgan. 1974-yilda Francois Mitterand yana soʻl kuchlarning nomzodi boʻlib qolgan, buning ustiga Fransiya Kommunistik partiyasining bu safargi saylovoldi ittifoqi soʻl partiyalarning umumiy hukumat dasturiga suyanar edi. Fransiyaning yetakchi partiyalaridan biri muxolifatning birinchi partiyasi boʻlgan. Bu vaziyatni kommunistlar juda ogʻir qabul qilishgan[3]. Agar 70-yillarning oxiri, 80-yillarning boshlarida Gʻarbiy Yevropaning bir qator mamlakatlarida va AQSHda hukumatga konservativ kuchlar kelgan boʻlsa, Fransiyada siyosiy tebrangʻich butunlay teskari tomonga, oʻngdan chapga harakat qilgan. 80-yillar davomida „neokonservativ inqilob“ning yetakchilari qayta saylanganlar. Ronald Reagan – ikkinchi muddatga, Margaret Thatcher – uchinchi muddatga saylangan. Fransiya esa 1988-yilning bahorida siyosatchi Francois Mitterandni ikkinchi marta saylab yana teskari ish yuritgan[4].

Francois Mitterand 1996-yil 8-yanvarda Parij shahrida vafot etgan.

  1. 1,0 1,1 Pierre Péan, Une jeunesse française (biography on Mitterrand), p.23–35
  2. Henry Rousso, Le Syndrome de Vichy, p.365
  3. Lacouture, Jean. Mitterrand, une histoire de Français. éd. du Seuil, "Points" — 46/48-bet. 
  4. Tiersky, Ronald. François Mitterrand: A Very French President. Rowman & Littlefield, 1 January 2003. ISBN 9780742524736. Qaraldi: 2015-yil 27-oktyabr.