Kontent qismiga oʻtish

Farrux Yosor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Farrux YosorDarbandiya sulolasidan boʻlgan Shirvon hukmdori (shirvonshoh) (1462-yil1501-yil). Farrux Yosor davrida Shirvon mustaqilligini saqlab, iqtisodiy jihatdan ancha yuksalgan. Farrux Yosor Oq qoʻyunli hukmdorlari ittifoqchisi boʻlgan. 1488-yil qizilboshlilar hujumini daf etgan, lekin Ismoil I Safaviy bilan boʻlgan jangda yengilib, jangda halok boʻlgan. Farrux Yosor davrida Shirvon Rus davlati bilan diplomatik (1465—1466-yillarda elchilar almashingan, 1499-yil doʻstlik va hamkorlik haqida bitim tuzish haqida muzokaralar) va savdo munosabatlari oʻrnatgan Farrux Yosor oʻzining bunyodkorlik faoliyati bilan ham shuxrat qozongan.