Espiritu-Santu
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
| |||
Braziliya shtati | |||
---|---|---|---|
Maʼmuriy markazi | Vitoriya | ||
Aholi (2010) | 3 514 952 kishi | ||
Zichligi | 76,25 kishi./km² | ||
Maydoni | 46 098,6 km² (23-oʻrin) | ||
Vaqt mintaqasi | UTC-3 | ||
Kod ISO 3166-2 | BR-ES | ||
Rasmiy sayti | http://www.es.gov.br | ||
Xaritada | |||
20°19′08″S 40°20′16″W / 20.31889°S 40.33778°W |
Espiritusantu — Braziliyaning sharqiy qismidagi shtat. Maydoni 46,2 ming km². Aholisi 3,1 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Vitoriya shahri Shtatning gʻarbiy qismini Braziliya yassitogʻligi, sharqini botqoqlashgan Atlantikaboʻyi pasttekisligi egallagan. Iklimi tropik, pasttekislikda issiq va sernam (oʻrtacha oylik tralar 20—26°, yillik yogʻin 1500–1700 mm), yassitogʻlikda salqinroq, yillik yogʻin 1000–1200 mm. Sernam tropik oʻrmonlar, sohil qismida aralash tropik oʻrmonlar bor.[1]
Iqtisodiyotining asosini qishloq xoʻjaligi tashkil qiladi. Kofe, sitrus mevalar va kakao plantatsiyalari bor. Shuningdek, shakarqamish, sholi, maniok, dukkakli ekinlar, makkajoʻxori, tamaki ham yetishtiriladi. Foydali qazilmalardan tarkibida toriy, uran va sirkoniy boʻlgan monatsit qumlar, plavikli shpat, marmar konlari, mineral suvli buloqlar bor. Toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Qirgʻoqqa yaqin suvlardan baliq ovlanadi. Tashqi savdo aylanmasida Vitoriya dengiz porti muhim ahamiyatga ega.[2]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |