Kontent qismiga oʻtish

Dispepsiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Dispepsiya (dis... va yun. pepsis — hazm) — ovqat hazm qilishning buzilishi, meʼda-ichak foliyatining izdan chiqishi bilan kechadi. Odam ichagining turli boʻlimlarida, mas, ingichka ichakning pastki va yoʻgʻon ichakning yuqori boʻlimida bijgʻituvchi mikroblar, yoʻgʻon ichakning quyi qismida esa chirituvchi mikroblar koʻp. Sogʻlom ichakdagi bijgʻish hamda chirish jarayoni maʼloʻm moʻvozanatda boʻlib, kasal qilmaydi. Ana shu mikroblar oʻrtasidagi nisbatning buzilishi D.ga sabab boʻladi. Bolalar D.si ularni notoʻgʻri ovqatlantirish natijasida paydo boʻlib, ich ketishi, qayt qilish va umu-miy ahvolning yomonlashishi bilan kechadi. Asosan bir yoshgacha boʻlgan bolalarda uchraydi. D.ning A, B va V xillari farq qilinadi. A xilida organizm suvsizlanmaydi, B xilida bir oz suvsizlanadi, V xilida esa ogʻir suvsizlanish kuzatiladi. D. koʻproq oddiy va toksik boʻladi. Oddiy D. hadeb emiza-verish (ayniqsa onaning suti moʻl boʻlganida) yoki emizib yurib, birdan sunʼiy ovqatlantirishga oʻtish, ovqat tarkibining bola yoshiga mos kelmasligi tufayli paydo boʻladi. Bolani haddan tashqari issiq kiyintirish, oʻrabchirmash ham D.ga sabab boʻlishi mumkin; issiqlab ketganda suyuqlikka ehtiyoj kuchayadi, bola koʻkrakka yopishib olib ema boshlaydi, lekin emgan suti odatdagicha boʻlsa ham, uni hazm qila olmaydi. Bundan tashqari, bolaning meʼda-ichak yoʻli anatomik funksional jihatdan hali yaxshi rivojlanmaganligi uchun ovqat hazm qili-shi buziladi. Bunda bola emizilgach yoki ovqat berilgach, bir oz vaqtdan keyin emgan sutini yoki yegan ovqatini qusib tashlaydi, aksari ichi ketadi. Qorin shishadi, bola bezovtalanib, ishtahasi yoʻqoladi. Kasallikning dastlabki belgilari paydo boʻlganda darhol vrachga murojaat etish lozim. Bola D.ning A xili bilan ogʻriganda uni emizaveriladi, B va V xilida esa vrach tegishli doridarmonlarni buyurib, kasalxonaga yotqizishni tavsiya etadi. Toksik D. ovkatlanish tartibiga rioya etmaslik va bakterial infeksiya natijasida organizmda moddalar almashinu-vining barcha turlari, shuningdek, koʻpgina aʼzo va sistemalar faoliyatining jiddiy buzilishlari bilan kechadi. Koʻpincha kasalliklar bilan ogʻrib madorsizlangan, nimjon bolalarda kuzatiladi. Baʼzan toksik D. toʻsatdan avj oladi, bemorning ahvoli yomonlashadi, boʻshashadi, injiq boʻlib qoladi. Teztez ichi ketadi, vazni tez kamayadi, goho bola hushdan ketadi, qayt qilib, ichi ketganligi bois koʻp suv yoʻqotib, organizm suvsizlanib krladi. Bemorning turki oʻzgaradi, es-hushi yoʻqola boshlaydi, yurak faoliyati susayadi; ogʻriqni sezmay qoʻyadi, terisi boʻzaradi yoki unda qizil doglar paydo boʻladi. Tomir urishi tezlashadi, arterial bosim tushib ketadi, koma holati kuzatiladi. Toksik D. bola hayoti uchun juda xavfli, bunda zudlik bilan tibbiy yordam koʻrsatish zarur. Bolaning ahvoli bir oz yengillashgach, juda kam miqdorda za-ruriy parhez ovqatlar yoki oz-oz ona suti yoki bolalar kefiri, qatigʻi bera boshlanadi. Keyinchalik ovqat miqdorini oshira borish va bir maromga yetkazish, oradan 6—8 kun oʻtgach bolaning ahvolidan kelib chiqib ovqat miqdorini koʻpaytirish, shuningdek, anti-biotiklar, vitaminlar tavsiya etiladi. Parenteral D., odatda, birorta kasallik (otit, oʻtkir respirator kasalliklar, zotiljam) bilan birga kechadi. D.ning oldini olish uchun ovkatlanish rejimiga qatʼiy rioya qilish, bolaga haddan tashqari koʻp ovqat ber-maslik, ovqatiga oz-ozdan meva va sab-zavot sharbatlarini qoʻshib berish, bolaning issiqlab ketishiga yoʻl qoʻymaslik kerak. Katta kishilarda ham meʼda va ichak D.si (yogʻ, oqsil yoki ug-levodlar koʻplab isteʼmol qilinganda) kuzatilishi mumkin.

Hayvonlarda asosan 5—7 kunlik buzoqlar, choʻchqa bolalari (ahyonda qoʻzi va qulunlar) kasallanadi. Boʻgʻoz mollarni oziqlantirishda va parvarish qilishda zoogigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, tugʻilgan yosh hayvonning sifatsiz ogʻiz sutini emishi D.ga sabab boʻladi. Buzoklarda hazm jarayoni buziladi, shirdon va ichaklarda yiringlash roʻy beradi, grammanfiy mikroflora koʻpayadi, kuchli ich ketishi yuz beradi. Oddiy D.da ich ketsa ham hayvon ishtahasi saqlanadi yoki sal pasayadi, gavda temperaturasi normal boʻladi. Toksik D.da esa ishtaha yoʻqoladi, yurak faoliyati susayadi, gavda temperaturasi 35° gacha pasayadi, quloq, tumshuq, oyoq va dum soviydi.

Davolash: oddiy D.da iliq fizi-ologik eritma ichirilgan holda 6—12 soat och holda parhez qilinadi, dastlabki kunlarda yosh hayvonlarga ichiriladigan sutning sutkalik normasi 35—50% kamaytiriladi, sut berishdan 10—15 min. oldin (sutkada 3—4 marta) buzoq va qulunlarga 500—600 ml dan, qoʻzilar va choʻchqa bolalariga 50—100 ml dan iliq fiziologik eritma ichiriladi. Meʼdaichakdagi bijgʻish jarayonini toʻxtatish uchun kasal xayvonga sintomitsin, tetratsiklin, ftalazol, levomitsin, kolimitsin kabi preparatlar beriladi. Teri ostiga, venaga yoki qorin ichiga maxsus tayyorlangan xlorli preparatlar eritmalari yuboriladi. Yurak faoliyatini tiklash uchun glyukoza, kofein yoki kamfora moyi ishlatiladi.

Oldini olish: yangi tugʻilgan mollarni sifatli oziqlantirish, boʻgʻoz mollar va yangi tugʻilgan hayvonlarni boqishda, shuningdek, buzoq, qoʻzilar tugʻilishida zooveterinariya qoidalariga amal qilish.

Akmal Sultanov. Ahror Roʻzimurodov.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil