Kontent qismiga oʻtish

Devon davri

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Devon davri, devon sistemasi (Bukj Britaniyadagi Devonshir grafligi nomidan) — Yer geologik tarixi paleozoy eratema (era)sining toʻrtinchi davri va oʻsha davrda hosil boʻlgan yotqiziklar. Silur davridan keyin (438 mln. yil avval) boshlanib karbon davrigacha 48 mln. yil davom etgan (qarang Geoxronologik shkala, 1993). D.d. geologiya faniga dastlab 1839 i. ingliz geologlari A. Sejvik va R. Murchisonlar tomonidan kiritilgan. D.d. uch boʻlim (quyi, oʻrta va yuqori) va 7 yarusga boʻlingan (qarang Geoxronologiya). RFda D.d.ning quyi boʻlimi loxkov, praga va ems yaruslariga; oʻrta boʻlimi eyfel va jivet yaruslariga; yuqori boʻlimi-fran va famen yaruslariga boʻlingan (jadvalga q.). Quyi D.d.da kaledon burmalanishi sodir boʻlganligi sababli yer yuzasining koʻp qismidan dengiz chekingan. Yer yuzasida qizil rangli kontinental — laguna yotqiziqlarining qalin qatlami hosil boʻlgan. Ayrim joylarda shiddatli vulkan otilishlari kuzatilgan. Oʻrta va yuqori devonda platforma va geosinklinallarda Yer poʻstining choʻkishidan keng maydonda dengiz transgressiyasi vujudga kelgan, soʻnggida esa kuchli dengiz chekinishi boʻlib oʻtgan. Terrigen (boʻlakli), karbonatli, baʼzi joylarda tuzli yotqiziklarning qalin qatlami hosil boʻlgan. D.d. uchun turli suvoʻtlar xos boʻlib, davr boshlarida yerdagi oʻsimliklardan riniofitlar, keyinchalik qirqboʻgʻimsimon, plaunsimon, oddiy qirqquloqlar, yuqori devonda qirqquloq va pteridospermlar tarqalgan. Dengizlarda baliklar, foraminifera, marjon, os-trakoda, braxiopoda, ammonoideyalar yashagan.

Devon davri (sistemasi)ning boʻlinishi Sharqiy Yevropa tekisligi, Kaspiyboʻyi pasttekisligi va Oʻrta Osiyoda D.d.da arid (quruq) iqlim, bu mintaqadan shim. va jan.da esa tropik (gumid) iqlim boʻlgan. Devon yotqiziklari barcha materiklarda mavjud. Shar-qiy Yevropa va Osiyo shim.da D.d jinslari katta maydonlarda tarqalgan. Platforma, mioevgeosinklinal va orogen formatsiyalari farq kilinadi. Sharqiy Ural, Jan. Tyanshan, Rudali Oltoy va Uzoq Sharqning evgeosinklinal zonalarida vulkanitlar muhim rol oʻynaydi. Orogen zonalarda (Markaziy Qozogʻiston, Oltoysayan oblasti) bir necha km kalinlikda yer ustki (vulkan) formatsiyalari (liparit, bazalt-andezit va andezit) rivojlangan. Granitoid va asos intruziyalar keng tarqalgan.

Oʻzbekistonda D.d. yotqiziqlari Chatqol-Qurama, Turkiston-Olay togʻ sistemasida, Zarafshon, Hisor, Zirabuloq, Nurota, Sulton Uvays toglarida va Qizilqum-Nurota regionida tarqalgan. Bu joylarda D.d. bir qancha mahalliy svitalarga ajratilgan konglomerat, qumtosh, ohaktosh, dolomit, mergel, alevrolit, kvarsit va b. effuziv jinslardan iborat. Sistema yotqiziqlarining toʻliq kesmasi Jan. Tyanshanda aniqlangan. D.d. jinslarida boshoyoqlilar, graptolitlar, ignatanlilar, yelkaoyoqlilar, yumshoqtanlilar, qisqichbaqasimonlar va b. uchraydi. D.d. silur davridan hayvonot va oʻsimlik dunyosining oʻzgarganligi bilan farq qiladi. Masalan, D.d.da qisqichbaqasimonlar ancha kamaygan, silurda paydo boʻlgan boshoyoqlilar esa juda rivojlangan.

D.d.ning boshlarida Oʻzbekiston hududining jan. qismi iliq suvli, uncha chuqur boʻlmagan, koʻp orolli, ayrim joylarida harakatdagi vulkanli dengizdan iborat boʻlgan. Jivet yarusida dengiz shim.ga tomon siljigan va ancha chuqurlashgan. Natijada kichik orollar suv qaʼriga choʻkib, yirik orollarning yuqori qismlarigina suv ustida qolgan. Famen yarusiga kelib hozirgi Oʻzbekiston hududining deyarli hamma joyini dengiz qoplab olgan. Bu holat quyi karbon davrida ham davom etgan. D.d.da gersin burmspanishining bir necha fazasi boʻlib oʻtgan. Uning natijasida Chatqol, Piskom, Qoratov, Qurama va b. togʻlar paydo boʻlgan. Oʻzbekistondagi D.d. jinslarida qoʻrgʻoshin, mis, rux, simob va b. konlari bor. Xorijda D.d. yotqiziqlarida neft va gazning katta zaxirasi Sharqiy Yevropa (Volga-Ural, Timan-Pechora, Pripyat havzalari), Shim. Amerika (Uilliston, Illinoys, Perm, Michigan havzalari), Afrika (Sahroi Kabir — Oʻrta dengiz havzasi) va Avstraliya platformalarining ichki va chekka qismlaridagi strukturalarda joylashgan, osh tuzi va sulfatlarning qatlamli uyumlari (Sharqiy Yevropa, Sibir, Shim. Amerika va Avstraliya platformasi), kaliy tuzlari (AQSH, Ukraina), temir-marganets va qoʻrgʻoshin rudalari (Markaziy Qozogʻiston), boksit (Shim. Ural va Salair) konlari mavjud.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil