Kontent qismiga oʻtish

Butilka burunlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Butilka burunlar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Butilka burunlar (Hypereodon) — kitlar urugʻi. Uzunligi 9,4 m gacha. Tanasi toʻq kulrang, qorin tomoni oqish tusli. Peshonasida yogʻ moddasidan hosil boʻlgan qiya boʻrtigʻi bor. Tishlari konussimon, 2 juft, pastki jagʻlarida joylashgan. 2 turi maʼlum. Doʻng peshona Butilka burunlar (N. ampullatus) Atlantika okeanining shim. qismida uchraydi, Oq, Barens va Boltiq dengizlariga ham kiradi. Hozir deyarli qirilib ketganligi sababli Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan. Yassi peshona Butilka burunlar (N. planifrons) uz. 7,5 m gacha, Janubiy yarim sharda uchraydi. Butilka burunlar boshoyokli mollyuskalar bilan oziqlanadi, ancha chuqur va uzok, (baʼzan 1 soatdan koʻproq) shoʻngʻiydi. Ochiq dengizda ovlash man qilingan (1978-yildan) (rasm Kitsimonlar maqolasida beriladi).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil