Kontent qismiga oʻtish

Burgomistr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Burgomistr (nem. Bürgermeister) — ayrim mamlakatlar (Germaniya, Belgiya, Niderlandiya, Avstriya) mahalliy boshqaruv organlarida oliy mansabdor shaxs. B.lar mazkur organlarda yetakchi rol oʻynaydi: markaziy hukumat vakili hisoblanadi, munitsipal (mahalliy) xizmatchllarni ishga tayinlaydi va ishdan boʻshatadi; byudjet tuzish va uni bajarish ishlariga boshchilik qiladi. B. Germaniyaning koʻpchilik yerlarida munitsipal kengashlar yoxud bevosita aholi tomonidan saylanadi (Germaniyaning Bavariya va Baden-Vyurtemberg yerlarida) yoki bevosita hukumat tomonidan tayinlanadi. Kuyi Saksoniya va Shim. Vestfaliya yerlarida asosan vakillik vazifalarini bajaradi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil