Brussels F.C.
Brussels futbol klubi — Belgiyaning sobiq futbol klubi boʻlib, Bryusselning Molenbek-Saint-Jan tumani jamoasi hisoblangan. Belgiya birinchi ligasida, mamlakatning ikkinchi divizionida oʻynaydi. 2003-yilda „Molenbeek“ va „Strombeek“ klublarining birlashishi natijasida tashkil etilgan. Jamoa uy uchrashuvlarini 11 000 tomoshabinga moʻljallangan „Edmond Mastens“ stadionida oʻtkazgan. „Brussels“ 2004-yildan 2008-yilgacha oliy divizionda toʻrt mavsum oʻtkazgan, eng yaxshi natija 2005-06-yilgi mavsumda 10-oʻrin hisoblanadi.
Klubning to`liq nomi „Racing White Daring Molenbeek Brussels F.C.“ bo`lgan va bu nom odatda oddiygina „RWDM Brussels F.C.“ deb atalgan. „Brussels“ — Bryussel poytaxti mintaqasidagi Molenbek munitsipalitetida joylashgan Belgiya futbol klubi hisoblanadi. Ular oxirgi marta 2013-14-yilgi mavsumda ikkinchi divizionda oʻynagan hamda u yerda 8-oʻrinni egallagan. Ammo moliyaviy muammolar tufayli mavsum oxirida klub faoliyati tugatilgan. Klub 1932-yilda tashkil etilgan „FC Strombeek“ klubining davomchisi edi. Biroq, „Strombeek“ 2000-yillarda „Racing White Daring Molenbeek“ (RWDM) klubi bilan birlashgan va „RWDM“ anʼanalarini qoʻllab-quvvatlagan. „Brussels FC“ „Molenbeek“ning sobiq stadioni „Stade Edmond Machtens“da oʻynagan.
„F.C. Strombeek“ birinchi marta 1932-yilda Belgiya Qirollik Futbol Assotsiatsiyasida roʻyxatdan oʻtgan[1]. Belgiya futbolining quyi darajalarida oʻynagan koʻp mavsumlardan soʻng „Strombeek“ birinchi boʻlib 1995-96-yillarda Belgiyaning 4-oʻrinli futbol darajasi boʻlgan Promotion D gʻolibi boʻlib uchinchi divizionga chiqdi[2]. Ushbu darajadagi uch mavsumdan soʻng ular 1999-2000-yillarda uchinchi A divizionida gʻalaba qozonishdi va oʻz tarixlarida birinchi marta ikkinchi divizionga koʻtarilishdi. Ular 2000-01-mavsumida ikkinchi divizionda 10-oʻrinni egallagan[3]. Keyingi mavsumda „Strombeek“ 9-oʻrinni egalladi.
Yoxan Vermeersch „FC Strombeek“ni Grimbergendagi „Singel stadion“ stadionidan „Molenbeek“ning „Stade Edmond Machtens“ stadioniga koʻchirish orqali boshqa klub yaratishga qaror qildi[4]. „FC Strombeek“ 2002-03-yilgi mavsumda ikkinchi divizionda yana 9-oʻrinni egalladi[5]. Klubda „Strombeek“dan atigi 2 nafar futbolchi qoldi va yangi klub kelasi mavsumda birinchi divizionga chiqish maqsadida „FC Molenbeek“ jamoa „Brussels Strombeek“ deb qayta nomlandi.
2003-yil aprel oyida klub yana nomini oʻzgartirishni eʼlon qildi. 2003-04-yilgi mavsum boshida klub „R.W.D.M. Brussels FC“ nomini olgan.
Ular 2003-04-yilgi Belgiya Ikkinchi Divizionida gʻalaba qozonishgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „http://users.skynet.be/pluto/Textbelgium/Teams.html“. 2003-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-sentyabr.
- ↑ http://www.footbel.com/documents/COMPETITIES/Eindklassementen/S1995-1996FR.pdf.
- ↑ „http://www.rsssf.com/tablesb/belghist.html“.
- ↑ „http://www.dhnet.be/dhjournal/archives_det.phtml?id=158129“.
- ↑ „http://www.dhnet.be/dhjournal/archives_det.phtml?id=246590“.