Kontent qismiga oʻtish

Bistomiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Bistomiy, Boyazid Tayfur binni Iso Bistomiy (?— Bistom shahri (Eron)— 875) — Eron tasavvuf oqimining asoschilaridan biri.

Tayfuriya sufiylik tariqatining piri. Uning bobosi islomni qabul qilgan zardushtiylardan boʻlgan, butun umrini asosan Bistomda oʻtkazgan. Vafotidan keyin uni Sulton alorifin laqabi bilan atay boshladilar. B. taʼlimotiga koʻra, inson zikr holatida oʻzligini unutadi (gʻalaba) va xudo ishqvdan mast boʻlib (sukr) butun vujudini histuygʻu qamrab oladi, pirovardida u xudo bilan butunlay qoʻshilib ketadi. Bunday holatni u fano (mavjudlikni yoʻqotish) deb atadi va musulmon tarki dunyochiligining muhim ahamiyatli holati boʻlgan "sen mendirsan, men esa sendirman" iborasining taʼrifini berdi. Buning maʼnosi shundaki, goʻyo shaxs oʻzligini tark etib, ilohiylikka singib ketadi va uning sifatlarini qabul qiladi, ilohiylik esa shaxsiyatga aylanadi. Bunday xulosa anʼanaviy islom tarafdorlarining ashaddiy qarshidigiga uchradi va uni xulul (xudolik daʼvosini qilish)da aybladilar. B. tasavvufning ayrim tushunchalarini ishlab chiqqan boʻlsa ham, oʻzining bir butun ilohiy tazimdagi taʼlimotini yaratmadi. U ilohiy (lohut) va insoniy (nosut) ruhni bir-biriga biriktirishga harakat qildi, yaʼni maʼnaviy va moddiy ibtidoni bir-biriga qoʻshishga intiddi. B. oʻzidan asar qoldirmagan. Uning ibratli gaplari, nasihatlarini mulozimlari yozib olishgan. Ayrim tasavvuf kishilari B. obroʻyidan foydalanib oʻzlarining shariatga unchalik toʻgʻri kelmaydigan fiqolarini B. fikri deb koʻrsatishga uringanlar.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil