Kontent qismiga oʻtish

Bessel Fridrix Vilgelm

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Bessel Fridrix Vilgelm (1784.22.7, Minden, Germaniya — 1846.17.3, Kenigsberg)—nemis astronomi, geodezisti va matematigi. Astrometriya asoschilaridan biri. U 20 yoshligidayoq Gapley kometasi orbitasini hisoblab chiqdi. B. rahbarligida Kenigsberg untida rasadxona qurildi; u umrining oxirigacha shu rasadxona direktori boʻlib ishladi. B.ning astrometrik oʻlchashlar sohasidagi birinchi katta ishi 17-asr 40—50- yillari ingliz astronomi J. Bradleyning yulduzlar jadvalini tuzish uchun bajargan kuzatish natijalarini qayta ishlashga bagʻishlandi va u 1818-yilda "Astronomiya asoslari" nomi bilan chop etildi. B. 1821—33 yillarda Reyxenbax meredian doirasida 75000 yulduz oʻrnini yuqori aniklikda oʻlchadi va "Kenigsberg jadvallari"ni tuzdi. B. birinchilar qatorida yulduzlar parallakttl, shu bilan birga, ulargacha boʻlgan masofalarni aniklzdi. U Sirius va Protsion yulduzlarini bir necha yil kuzatib, bu yulduzlarning yoʻldoshlari bor, deb faraz qildi. Uning taxminlari keyinchalik tasdiqlandi: 1862-yilda Siriusning, 1896-yilda Protsionning yoʻldoshi borligi aniqlandi. B. 1831—41 yillarda rus olimi I. Ya. Bayer bilan birgalikda Sharqiy Prussiyada trangulyatsiya ishlarini bajarib, meridianning bir darajasi uzunligini oʻlchab Yer sferoidi elementini aniqladi. Bu element geodeziyada 100 yilga yaqin ishlatildi va Bessel elementi deb ataldi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil