Kontent qismiga oʻtish

Axtalash

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Axtalash — Bichish — urgʻochi va erkak hayvonlarning jinsiy bezlarini olib tashlash, ularni bepusht qilish yoki jinsiy faoliyatini toʻxtatish maqsadlarida erkak hayvonlarning urugʻ tizimchasini uzish. Hayvonlar xoʻjalik hamda davolash maqsadlarida axtalanadi. Axtalangan hayvon yuvosh boʻlib qoladi, tez semiradi, goʻshti sifati yaxshilanadi, qoʻylar koʻp jun beradi. Axtalash operatsiyasi ochiq usulda — moyak xaltachasini batamom yorib, yopiq usulda — xaltachani toʻliq yormasdan turib moyaklarni olish, qonsiz usulda — moyaklarni qoldirib, urugʻ yoʻlini uzish va qonli usulda — xaltachani butunlay kesib tashlash yoʻllari bilan oʻtkaziladi. Odatda, aygʻirlar 2 — 3 yoshda, buqachalar 3 — 6 oyligida, tuyalar 2,5 — 3 yoshda, qoʻchqorlar 2 — 4 oyligida axtalanadi. Choʻchqa, Quyon, Tovuq, Sigir, Biyalar ham axtalanadi. Erkak hayvonlarni Axtalash orxiektomiya, urgʻochilarini Axtalash ovariektomiya deyiladi[1].

  1. "Axtalash" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil