Argʻuvon
Qiyofa
Argʻuvon (Cercis) — burchoqsoshlar oilasiga mansub daraxtlar turkumi. Yevropa va Osiyoda S. siliquastrum turi tarqalgan. Bu tur yovvoyi holda Oʻrta den-giz atrofida ham uchraydi. Oʻrta Osiyo, Krim va Kavkazda xushmanzara oʻsimlik sifatida ekiladi. A.ning yovvoyi turi (S. griffi thii) Afgʻonistonda hamda Oʻrta Osiyoning Pomir-Oloy va Gʻarbiy Tyan-shan togʻlarida uchraydi. Oʻzbekistonda Qurama va Ugam togʻlarida oʻsadi. Yogʻochi yumshoq va oq boʻlgani uchun durad-gorlikda bagʻdodi uslubida oʻyiladigan naqqoshlikda keng qoʻllanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |