Kontent qismiga oʻtish

Aleksandr Yakovlev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Aleksandr Sergeyevich Yakovlev (1906.19.3 Moskva 1989.22.8) - rus aviakonstruktori, akademik (1976), muhandislik xizmati generalpolkovnigi (1946), 2 marta Mehnat Qahramoni (1940, 1957). Moskvadagi N. Jukovskiy nomidagi Harbiyhavo muhandislik akademiyasini tugatgan (1931). Harbiy zdda muhandis va shu zdda yengil aviatsiya konstruktorlik byurosini tashkil qilgan (1932), konstruktor (1935-yildan), Bosh konstruktor (1957-yildan). Aviamodelchilik, planyorchilik va sport aviatsiyasi asoschilaridan biri. Yakovlev harbiy, yoʻlovchi va oʻquvsport samolyotlarini loyihalash boʻyicha maktab yaratgan. Samolyot (Yak-1, Yak-9, Yak-7 va boshqalar), vertolyotlar (mas, Yak-24) yaratgan. Yakovlev rahbarligida 1945-yilda birinchi reaktiv qiruvchi samolyotlar Yak-15, Yak-17 va Yak-23 yaratildi. U yaratgan yoʻlovchilar reaktiv samolyotlari Yak-40 va Yak-42 mahalliy liniyalarda foydalanish uchun qulay. Uning sport samolyotlari Yak-18P, Yak-18PM va Yak-50 da jami 45 ta jahon rekordi oʻrnatilgan.[1]

  1. "Yakovlev Aleksandr Sergeyevich" OʻzME. Ya-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil