Kontent qismiga oʻtish

Akkreditiv

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Akkreditiv (lotincha: accredo — ishonaman), naqd pulsiz hisob-kitoblar olib boriladigan bank hisob varagʻi, tomonlar oʻrtasida tuzilgan shartnomaga koʻra amalga oshiriladigan oʻzaro hisob-kitob turi. Unda qarz beruvchi (kreditor) oʻziga tegishli toʻlovlarni akkreditiv topshirigʻida koʻzda tutilgan shartlar va muddatlarda tegishli bank orqali olib turadi. Nomiga yozib berilgan shaxsga kredit muassasasidan koʻrsatilgan summani olish huquqini tasdiqlovchi qimmatbaho qogʻoz. Bundan tashqari akkredetivlar turli shaharlarda joylashgan korxonalarning mulkiy munosabatlarida (joʻnatilgan mahsulotlar uchun tovar-transport hujjatlari asosida haq toʻlash), xalqaro hisob-kitoblarda (ayniqsa, mamlakatlararo eksport-import munosabatlarida) keng qoʻllanadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil