Kontent qismiga oʻtish

Akiōta (Hiroshima)

Koordinatalari: 34°34′35.4″N 132°13′39.3″E / 34.576500°N 132.227583°E / 34.576500; 132.227583
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Akiōta

安芸太田町
Shaharcha
Skyline of Akiōta
Akiōta
Bayroq
34°34′35.4″N 132°13′39.3″E / 34.576500°N 132.227583°E / 34.576500; 132.227583
Mamlakat Yaponiya
Iqlim turi nam subtropik iqlim
Aholisi
 (2021-yil 1-sentyabr)
5,519
Akiōta xaritada
Akiōta
Akiōta

Akiōta (yaponcha: 安芸太田町 Akiōta-chō?) Yaponiyaning Xirosima prefekturasi Yamagata okrugida joylashgan shaharcha hisoblanadi.

Akiōta 2004-yil 1-oktyabrda Yamagata tumanidan Kake va Togouchi shaharlari va Tsutsuga qishlogʻining qoʻshilishi natijasida tashkil topgan.

2017-yil 30-aprel holatiga koʻra, shaharning taxminiy aholisi 6585 kishi, 3207 xonadon[1] va aholi zichligi 1 km² ga 19 kishi toʻgʻri keladi. Umumiy maydoni 342,25 km².

2020-yil 7-aprelda Akiota shahar meri Shinji Kosaka ovozlarni sotib olish janjali vaqtida sobiq adliya vaziri Katsuyuki Kavaydan 200 000 iyen miqdorida pora olgani uchun isteʼfoga chiqarildi[2].

Akiōta nam subtropik iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa) biroz sovuq qish hamda birmuncha issiq, nam yozi bilan ajralib turadi. Akiotada oʻrtacha yillik harorat 13.4 °C (56.1 °F). Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,817.5 mm (71.56 in) boʻlib, eng nam oy iyul oyi hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 25.6 °C (78.1 °F) atrofida va eng past harorati yanvarda, taxminan 2.0 °C (35.6 °F) boʻladi. Akiotada 2018-yil 5-avgustda qayd etilgan eng yuqori harorat 38.8 °C (101.8 °F) ni tashkil etdi; qayd etilgan eng sovuq harorat −12.8 °C (9.0 °F) boʻlib, bu 1981-yil 28-fevralda sodir boʻlgan.

Akiōta, Hiroshima iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Oʻrtacha maksimal, °C 7,1 8,8 13,5 19,7 24,7 27,3 30,5 32,2 27,9 22,4 16,2 9,6 20,0
Oʻrtacha minimal, °C −1,3 −1,3 1,1 5,6 10,5 16,0 20,6 21,3 17,0 10,4 4,8 0,7 8,8
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 106,6 103,7 132,7 133,5 158,3 220,8 302,8 172,0 204,5 104,4 79,3 120,6 1 817,5
Manba: Yaponiya metrologiya agentligi[3][4]

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilda Akiota aholisi 5,740 kishini tashkil qilgan. Akiotada 1920-yildan beri aholini roʻyxatga olish ishlarini olib boriladi.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
192021 043—    
192520 717−1.5%
193020 364−1.7%
193519 258−5.4%
194019 133−0.6%
194522 339+16.8%
195022 454+0.5%
195523 312+3.8%
196021 292−8.7%
196517 021−20.1%
197014 115−17.1%
197512 992−8.0%
198012 784−1.6%
198511 738−8.2%
199010 879−7.3%
199510 257−5.7%
20009 181−10.5%
20058 238−10.3%
20107 259−11.9%
20156 472−10.8%
20205 740−11.3%

Mashhur joylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akiotaning taniqli odamlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Official website of Akiōta Town“ (Japanese). Akiōta Town. Qaraldi: 2017-yil 18-may.
  2. „Japan mayor tenders resignation over receiving cash from ex-minister in bribery scandal“ (en-US). The Mainichi (2020-yil 2-iyul). Qaraldi: 2021-yil 14-yanvar.
  3. „ja:気象庁 / 平年値(年・月ごとの値)“. JMA. Qaraldi: 2022-yil 15-may.
  4. „ja:観測史上1~10位の値(年間を通じての値)“. JMA. Qaraldi: 2022-yil 15-may.