Kontent qismiga oʻtish

Abhariy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abhariy, Asiriddin Mufazel ibn Umar (XIII asr) — mantiqshunos olim. Niso (hozirgi Ashxobod) yaqinidagi Abhar qishlogʻida tavallud topgan. Buxoro va Samarqand madrasalarida taʼlim olgan. Ikki qismdan iborat „Tugʻilish va oʻlim haqida risola“ muallifi. Asarning birinchi qismi 6 fasldan iborat: 1) Vojibul Vujud (Alloh)ning isboti; 2) Vojibul Vujud yagonaligi; 3) Vojibul Vujud namoyon boʻlishi; 4)Oqibat isboti; 5) Aqdlar koʻpligi; 6) Malakali ruhlar. Ikkinchi qismi 5 fasldan iborat: 1) Jismoniy oʻlim; 2) Ruh koʻchib yurishining rad etilishi; 3) Buzilmaydigan ruh; 4) Ruhiy oʻlim; 5) Karomat, vahiy va ilhom. Asar qoʻlyozmalaridan biri Tehron universiteti Markaziy kutubxonasida, yana biri Eron Millat Majlisi kutubxonasida va uchinchisi Erondagi Sipohsolor madrasasi kutubxonasida saqlanadi[1].

  1. "Abhariy" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil