Kontent qismiga oʻtish

ABDA

Vikipediya, erkin ensiklopediya
ABDA mas’uliyat sohasi

Amerika, Britaniya, Gollandiya va Avstraliya kuchlari qoʻmondonligi (ABDA) (inglizcha: American-British-Dutch-Australian (ABDA) Command Amerika-Britaniya-Gollandiya-Avstraliya (ABDA) qoʻmondonligi) 1942-yil 15-yanvarda Janubi-Sharqiy Osiyodagi harakatlarni muvofiqlashtirish uchun tuzilgan ittifoqchi qoʻmondonlikdir. Qoʻmondonlik quruqlikda boʻlgani kabi, dengizda ham harbiy harakatlarni boshqarish kerak edi. Qoʻmondonlikka britaniyalik general ser Archibald Wavell Oliy qoʻmondon, amerikalik admiral Tomas Xart „ABDA floti“ qoʻmondoni etib tayinlandi. Quruqlikdagi kuchlarni Gollandiya general-leytenanti Xayn ter Porten, havo kuchlarini esa Britaniya havo marshali Richard Pirs boshqargan. Qoʻmondonlik Gollandiya Sharqiy Hindistonining poytaxti Batavia shahrida joylashgan edi.

ABDAni tugatish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

ABDA qoʻmondonligi 1942-yil 21-fevralda[1] yapon qoʻshinlari tomonidan Yava orolini bosib olish tahdidi tufayli tugatilgan. General Wavell Britaniya qoʻshinlarining Hindiston va Birmadagi qoʻmondoni etib tayinlandi.

  1. Черчилль, У.. Вторая мировая война, Мoskva, 2005. ISBN 5-17-030806-X.