Kontent qismiga oʻtish

13 (film)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
13
Rejissyor(lar) Géla Babluani
Prodyuser(lar) Rick Schwartz
Aaron Kaufman
Valerio Morabito
Ssenariynavis(lar) Géla Babluani
Gregory Pruss
Rollarda Sam Riley
Ray Winstone
50 Cent
Mickey Rourke
Jason Statham
Bastakor(lar) Alexander Bubenheim
Kinematografiya Michael McDonough
Muharrir(lar) Géla Babluani
David Gray
Studiya(lar) Magnet Media Group
Overnight Films
Barbarian Films
Morabito Picture Company
Distribyutor Anchor Bay Films
Chiqarilgan sanasi 2010
Davomiyligi 97 minut
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Daromadi $3,317,662[1]

13 — 2010-yilda suratga olingan oʻtkir syujetli film.

Vincent Ferro ismli yigit elektrik boʻlib ishlaydi. Uning otasi kasalxonada ogʻir ahvolda va davolash uchun katta pul sarflandi, hattoki uyni garovga qoʻyishga toʻgʻri keldi. Yetishmovchilik tufayli oʻqishdan ham haydaldi. Shahardagi xonadonlardan birida buyurtmani bajarayotgan Vincent tasodifan tez va oson katta pul ishlab olish mumkinligi haqidagi gapni xonadon egasidan eshitib qoladi. Yagona shart — ushbu xonadon egasiga kelgan chiziqli konvertdagi qoʻllanmani aniq ado etish. Xonadon egasi, ashaddiy giyohvand, Vincentning koʻz oldida oʻlib qoladi. Vincent uning nomiga kelgan xatni qoʻlga kiritadi va paytdan foydalanib, hali oʻlgan odamni oʻrniga xatda aytilgan manzilga boradi. Vincent oʻzi bilmagan holda „oʻlim halqasi“ga oʻxshash tavakkal oʻyin ishtirokchisiga aylanib qoladi. Uning qoʻliga 13 raqami beriladi va bu bilan u 13-raqamli ishtirokchiga aylanadi. Oʻyin shahardagi uyushgan jinoiy guruh tomonidan boshqariladi. Guruhning aʼzolari har biri oʻzlari uchun ishtirokchi tanlab oladi va u uchun katta pul tikadi. Bu oʻyinning sharti shunday: 17 nafar jonidan toʻygan ishtirokchilar, doira boʻlib, bir-birlarining boʻyinlariga revolverni tirab turadilar. Oʻyin uch raund va finaldan iborat: 1-raundda har bir revolver patroniga bittadan oʻq solinadi. 2-raundda 2 ta. Signal berilishi bilan qatnashchilar patronni aylantiradilar va bir-birlariga qarata oʻq uzadilar. 3-raundda jinoiy guruh aʼzolari tomonidan tirik qolgan ishtirokchilarning raqamlari yashiringan oq va qora sharlar tanlanadi. Oq sharga ega aʼzolar va ishtirokchilar oʻyinni tark etadilar. Qora sharga ega ikki aʼzolar finalda qatnashadilar. Shunday qilib, 13 va 17 raqamli ishtirokchilar finalda bir-birlarining peshonalariga qarata oʻq uzadilar. 17 raqamli ishtirokchi oʻladi va 13 gʻolib deb eʼlon qilinadi. 13 raqamdagi Vincent oʻzining taqdiri sovgʻa qilgan yutuqni (3.5 million dollar) sumkaga solib, qochib ketadi. 17 raqamli ishtirokchiga pul tikkan guruh aʼzosi (Jasper) Vincentdan qasos olish niyatida yuradi. Vincent pullarni deyarli hammasini onasiga pochta orqali joʻnatib yuboradi va telefonda tez orada uyga qaytishini aytadi. Yelkasiga pullar oʻrniga oʻyinchoq solingan sumkani ilib, poyezd vagonlaridan biriga kiradi va u yerda Jasperni koʻrib qoladi. Qochmoqchi boʻlayotgan Vincentni Jasper otib oʻldiradi va uning sumkasini olib, qochib ketadi. Yaralangan Vincent jon holatda pochta kvitansiyasini yutib yuboradi va joni uziladi.

  1. „13 (2010)“. 2015-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-mart 2015-yil.
  2. Worstpreviews.com Staff.. „First Look: Mickey Rourke in 13 Remake“. WorstPreviews.com (14-dekabr 2008-yil). 25-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2010-yil.
  3. Hilary Rothing.. „David Zayas on Dexter, The Expendables, 13 and Stallone!“ (20-avgust 2009-yil). 15-iyun 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2010-yil.
  4. Kilday, Gregg. „Emmanuelle Chriqui joins '13'“. The Hollywood Reporter. e5 Global Media (14-yanvar 2009-yil). Qaraldi: 2-fevral 2009-yil.