Jump to content

Harbiy operatsiya

From Vikipediya

Harbiy operatsiya, harbiy amaliyot — operativ(tezkor) yoki strategik topshiriqlarni bajarish uchun qurolli kuchlarning bir yoki bir necha turlaridan tuzilgan operativ birlashmalar tomonidan yagona reja asosida amalga oshiradigan, maqsadi, vaqti va amalga oshiriladigan joyi kelishib olingan oʻzaro bogʻliq zarbalar, janglar majmui. Quruqlik, dengiz, havo va havo-desant operatsiyalari (amaliyotlari), hujum va mudofaa operatsiyalari, strategik, front (armiyalar guruhi), armiya, flot, flotiliya operatsiyalari farqlanadi.