Jump to content

Carl Brockelmann

From Vikipediya
(Redirected from Brokkelman Karl)
Carl Brockelmann
Tavalludi 17-sentyabr 1868-yil
Vafoti 6-may 1956-yil(1956-05-06)
(87 yoshda)
Fuqaroligi Germaniya, Polsha

Carl Brockelmann (talaffuzi: Karl Brokkelman; 1868-yil 17-sentyabr – 1956-yil 6-may) – nemis sharqshunosi, somiy va turkiy tillar mutaxassisi. 1900-yildan Breslau, Kenigsberg, Galle, Berlin untlari professor Sharq tarixi, arab adabiyoti tarixi, somiyshunoslik boʻyicha ilmiy asarlar yozgan. „Somiy tillar qiyosiy grammatikasi ocherki“ (2 jild, 1908—13) va „Arab adabiyoti tarixi“ (2 asosiy jild, 1898—1902 va 3 qoʻshimcha jild, 1937—42) uning eng muhim asarlari boʻlib, I. Yu. Krachkovskiy ularga yuksak baho bergan. B. „Arab adabiyoti tarixi“ kitobiga arab boʻlmagan yozuvchi va olimlar (mas, Ibn Sino, Beruniy va boshqalar) ning arab tilida bitgan asarlarini ham kiritib, ular xususida biografik maʼlumotlar keltirgan. Uning „Musulmon xalqlar va davlatlar tarixi“ (1939) asari ham dalillarga boy. B. Mahmud Koshgʻariyning „Devonu lugʻotit turk“ asarini nemischaga tarjima qilgan (1928).

Adabiyotlar

[edit | edit source]
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil