Jump to content

Badiiy akademiyalar

From Vikipediya

Badiiy akademiyalar – nafis sanʼat masalalari bilan shugʻullanadigan ilmiy-ijodiy markazlar (asosan davlat muassasalari), shuningdek oliy (baʼzan xususiy) badiiy oʻquv yurtlari Oʻzbekiston hududida qadimda nafis sanʼat ijodkorlarini uyushtirgan turli markazlar boʻlgan. Temuriylardan Husayn Boyqaro davrida (XV asr) Hirotda 40 dan ortiq sanʼatkorlarni uyushtirgan kutubxona keyinchalik mutaxassislar tomonidan „Nigorxonai Bexzod“ yoki „Bexzod akademiyasi“ deb atalgan.

Yevropada badiiy akademiya dastlab Italiyada antik sanʼat, Uygʻonish davri sanʼatkorlarining uslublarini oʻrganish uchun toʻplangan rassomlarning erkin uyushmasi tarzida maydonga kelgan (XVI asr). Birinchi badiiy akademiyalar Parijda (Qirollik badiy akademiyalar, 1648), keyinchalik Vena (1692), Berlin (1694), London (1768)da va boshqa Yevropa davlatlari saroylari qoshida, Rossiyada 1757-yil tashkil etilgan.

Oʻzbekistonda zamonaviy shakldagi B. A. 1997-yil Oʻzbekiston Prezidenta farmoniga binoan tashkil etildi (qarang Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi).

Adabiyotlar

[edit | edit source]
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil