Kontent qismiga oʻtish

Lamalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
2024-yil 25-sentyabr, 14:33 dagi Mirzayeva0831 (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)
Lamalar ta bola tugʻadi.

Lamalar (Lama) – tuyasimonlar oilasiga mansub oʻrkachsiz hayvonlar urugʻi. Balandligi yagʻrinidan 90—100 sm, ogʻirligi 48—50 kg. Oyoqlari ingichka, boʻyni uzun. Koʻzlari katta. Guanako va vikunya turlari yovvoyi holda yashaydi, lama va alpaka turlari xonakilashtirilgan. Oʻsimliklar bilan oziqlanadi. Peru, Boliviya, Chili, Argentina va And togʻlarida tarqalgan. L. 2,5—3 yoshda voyaga yetadi. Boʻgʻozlik davri 11 oy. 1—2 ta bola tugʻadi. Ulov sifatida, goʻshti, juni uchun boqiladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil