Kontent qismiga oʻtish

Kampinas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2024-yil 31-avgust, 09:25 dagi Janob Mirzaolim (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

Kampinas — Braziliyaning jan.sharqiy qismidagi shahar. San-Paulu shtatida. Aholisi 967 ming kishi (2000). Temir yoʻl va avtomobil yoʻllarining yirik tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Muhim qishloq xoʻjaligi rayonining (kofe, paxta, donli ekinlar, shakarqamish) savdo markazi. Elektrovoz, tikuv mashinalari ishlab chiqariladi. Metallurgiya, rezinatexnika, kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. 2 universitet, muzey bor. Shaharga 17-asr da asos solingan. 19-asrda kofe ishlab chiqaruvchi muhim markaz boʻlgan. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil