Kampeche
| |||
Shtat | |||
---|---|---|---|
Madhiya: | Madhiya Kampeche (isp.) | ||
Tarkibida | 11 munitsipalitet | ||
Maʼmuriy markazi | San-Fransisko-de-Kampeche | ||
Yirik shahari | San-Fransisko-de-Kampeche | ||
Asos solingan sanasi | 29-aprel 1863-yil[1] | ||
Gubernator | Фернандо Ортега Бернес, (2009—2015) | ||
Rasmiy tili | ispan | ||
Aholi (2010) | 822 441 kishi | ||
Zichligi | 14,2 kishi./km² | ||
Dinlar tarkibi | Katoliklar (63 %) | ||
Maydoni | 57 516 km² (18-oʻrin) | ||
Balandligi dengiz sathidan Baland choʻqqisi |
390 m | ||
Kengligi | N 17º49'—20°51' | ||
Uzunligi | E 89º06'—92°27' | ||
Vaqt mintaqasi | UTC-6 | ||
Kod ISO 3166-2 | MX-CAM | ||
Avtomobil raqami kodi | DFA—DKZ | ||
Rasmiy sayti | http://www.portal.camp.gob.mx/default.aspx | ||
Xaritada | |||
18°50′11″N 90°24′12″W / 18.83639°N 90.40333°W |
Kampeche — Meksikadagi shtat, Yukatan yarim orolning gʻarbida. Maydon 51,8 ming km2. Aholisi 689,6 ming kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Kampeche sh. Ohaktoshlardan tuzilgan pasttekislikda joylashgan, karst relyef shakllari rivojlangan, bu esa gidrografiya tarmoqlarining rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi. Iklimi tropik, nam iklim. Oʻrtacha oylik temperatura 22—27°. Yiliga oʻrtacha 2000 mm gacha yogʻin yogʻadi. Doim yashil tropik oʻrmonlar bilan qoplangan. Kampeche — agrar shtat. Kampecheda kichikroq oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Kampecheda, asosan, kofe, shakarkamish, sitrus mevalar, makkajoʻxori yetishtiriladi. Asosiy qishloq xoʻjaligi rayoni— Champoton. Indeys qabilalari yashaydigan oʻrmon zonalarida daraxtlar kesilib, dehqonchilik qilinadi. Yoz oylarida chikle teriladi. Asalarichilik rivojlangan. Qimmatbaho yogʻochga ishlov beriladi. Baliqovlanadi. Dengiz mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar Kampeche shahrida joylashgan. Avtomobil va temir yo'llari orqali Meksikaning boshqa shtatlari bilan bogʻlangan.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ О статусе Кампече на сайте Министерства образования Мексики
- ↑ "Kampeche" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |