Togʻ bosimi
Togʻ bosimi — togʻ geomexanikasi fanida umumlashma tushuncha boʻlib, Yer qaʼrida tabiiy hamda sunʼiy (ishlab chiqarish. zaruriyati natijasida) holda namoyon boʻladigan turli kuchlanishlar majmuasi. Togʻ bosimini vujudga keltiruvchi asosiy sabablardan biri gravitatsiyadir; tarqalish maydoni, taʼsir kuchi va vaqti turlicha boʻlgan qoʻshimcha sabablar geotektonik jarayonlar, yer osti hamda yer usti inshootlarini qurilishi, foydali qazilmalarni qazib olish jarayonlaridir. Togʻjinslari massivida turli kuchlanishda va tezlikda namoyon boʻluvchi Togʻ bosimi turli ijobiy (foydali qazilmalarni qazib olishni osonlashtiradi) yoki salbiy ok,ibatlarga olib keladi. Togʻ bosimi namoyon boʻlishini bashoratlash, oʻrganish, uning oqibatlari oldini olish — konchilik amaliyoti va fanining asosiy vazifasi. Kon inshootlarini toʻgʻri joylashtirish, oʻtkazish va ularni taʼminlash Togʻ bosimini tartibga solishning shaxtalarda keng qoʻllaniladigan mahalliy samarali vositasidir. Togʻ bosimi tushunchasi 19-asrda paydo boʻlgan. Oʻzbekistonda Togʻ bosimi ni boshqarish fani M. M. Protodyakonov asarlarida oʻz aksini topgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |