Kontent qismiga oʻtish

Obliteratsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Obliteratsiya (lotincha: obliteratio — tekislanmoq, bitib qolmoq) — 1) tibbiyotda — ichi kovak yoki naysimon aʼzolar (mas, ichki aʼzo boʻshligʻi, chiqaruv kanali yoʻli, qon yoki limfa tomirlari) teshigining bitib, berkilib qolishi. Bu, koʻpincha, yalligʻla-nish yoki oʻsmalar tufayli roʻy beradi, bunda organizm faoliyatiga putur yetadi. Tuxum yoʻllarining toʻliq O.si bemorni bepushtlikka olib keladi (yana qarang Bitov). Shu bilan birga, ayrim kasalliklar, mas, plevritda, plevra boʻshligʻida O. vujudga kelishi bemorning sogʻayatganligidan dalolat beradi; qorin pardasi qin oʻsiqchasining O.si rivojlanish meʼyorida borayotganligini koʻrsatadi; 2) botanikada — oʻsimlik toʻqimalari va hujayralarining puchayishi. Baʼzan hujayra ichidagi va hujayralararo boʻshliklarning bitib qolishiga olib keladi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil