Gurzi
Qiyofa
Gurzi, gurz — kadimdan ishlatib kelingan jang quroli. Turkiy xalqlar orasida choʻmoq, choʻqmor, toʻpuz, bulav deb ham yuritilgan. Yarim metr chamasi pishiq yogʻoch dasta uchiga ogʻir metalldan tikanli qilib ishlangan shar oʻrnatilgan. G.ning olti qirrali-shashpar, sigir boshi shaklli — govsar turlari mavjud boʻlgan. G. bilan asosan ogʻir suvoriylar qurollantirilgan. 17-asrdan Ukrainada hukmronlik (getmanlik) belgisi sifatida qoʻllanilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |