Ribbentrop va Molotov pakti
Molotov — Ribbentrop pakti, Natsistlar Germaniyasi va Sovet Ittifoqi oʻrtasida Polsha hududini boʻlib olish bilan bir qatorda, oʻzaro hujum qilmaslik toʻgʻrisidagi oʻziga xos shartnoma hisoblanadi. Shartnoma, 1939-yilning 23-avgust kuni Moskvada, Germaniya tashqi ishlar vaziri Joachim von Ribbentrop va Sovet davlatining tashqi ishlar vaziri Vyacheslav Molotov tomonidan imzolanadi.[1][2] Bu shartnomadan biroz avval Stalin, millati yahudiy boʻlgan Litvinovni lavozimdan ozod qilib, oʻrniga Molotovni tayinlagan edi. Stalin 1939-yilning 10-mart kuni bergan bayonotida Gʻarbni „Germaniya va Sovet davlatlari oʻrtasida urush chiqarishga urinish“da ayblab chiqadi. Ayni paytda Gitler ham Sovet davlatining Gʻarb davlatlari bilan yaqinlashish ehtimolidan xavotirda edi. Shu sababli Gitler 20-avgust kuni Germaniya tashqi ishlar vaziri Ribbentropni Moskovaga yuboradi. 23-avgust kuni esa „Germaniya va Sovet davlatining oʻzaro hujum qilmaslik toʻgʻrisida“gi pakti imzolanadi. Bu shartnomadan soʻng Germaniya Polshaga hujum qiladi va shu tariqa II jahon urushi boshlanib ketadi.
Shartnomaning eʼlon qilinishi
tahrirSovetlar davlati shartnoma shartlarining xalqga ochiq qismini 1939-yilning 25-avgust kuni tantanali ravishda eʼlon qiladi. Bu vaqtda Gitler Polshaning sharqiy qismiga hujum qilish rejasini tuzib chiqayotgan edi. Sovet-Germaniya shartnomasining imzolanganidan xabar topgan Buyuk Britaniya va Fransiya hujumga uchragan taqdirda Polshaning himoyasi uchun harbiy kuch ishlatishiga doir shartnomani rasmiylashtirish orqali javob beradi. Sovet-Germaniya oʻzaro hujum qilmaslik toʻgʻrisidagi shartnoma imzolangani haqidagi xabar Yevropa davlatlarining poytaxtlarida eʼlon qilingandan soʻng, ziyolilar bir-birlariga „Nega umumiy dushmanimiz Sovetlar davlati boʻlsa ham, Germaniya Sovet davlati bilan kelishuv imzoladi? Nega Polshaning boʻlinib ketishiga koʻz yumishyapti?“ kabi savollar berishardi. U vaqtlarda shartnomaning toʻliq matnidan xabardor boʻlmagan Yevropa davlatlari kelishuv shartlari qanday ekanligi tahminan bilishardi. Keyinchalik shartnomaning toʻliq matni nemislarning maxfiy arxividan topiladi. Baʼzi yozuvchilar bu kelishuvga „Shaytonlar ittifoqi“ deb nom berishadi. Ingliz tarixchisi Donald Cameron Watt (1928-2014) oʻz maqolasida bu shartnomaning imzolanishi tarixiy bir xatolik boʻlganini aytib oʻtadi. Chunki bu shartnomaning imzolanishi ikkinchi jahon urushining boshlanishi uchun zamin hozirlagan edi.
Hujum qilmaslik toʻgʻrisidagi nemis-sovet shartnomasining moddalari:
- Boltiqboʻyi davlatlari(Finlandiya, Estoniya, Latviya, Litva)ga tegishli yerlarda hududiy va siyosiy oʻzgarishlar yuz bergan taqdirda, Litvaning shimoliy chegaralari masalasi Germaniya yoki SSSR manfaatlari doirasida hal qilinadi.
- Polsha davlatiga qarashli yerlarda hududiy yoki siyosat nuqtai nazaridan sodir boʻlishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlar yuz bersa, Germaniya va SSSRning chegaralari Norev, Vistula va San daryolari boʻylab oʻtadi.
- Har ikki tomonning manfaatlari doirasida mustaqil Polsha davlatining saqlanib qolish yoki qolmasligi, davlat chegaralari masalasi, siyosiy yangiliklar roʻy bergan taqdirdagina aniqlik kiritilishi mumkin.
- Har qanday vaziyatda ham har ikkala hukumat muommolarni doʻstona yoʻl bilan hal qilib oladi.
- Ushbu kelishuv har ikki hukumat tomonidan maxfiy saqlanishi taʼminlanadi.
Reyx hukumati nomidan: V. Ribbentrop
SSSR hukumati nomidan: V.M. Molotov
Shartnomaning qisqacha mazmuni
tahrirShartnomada Sharqiy Yevropani boʻlib olishga doir maxfiy protokol mavjud edi. (Shartnomaning „maxfiy moddalar“ mavjudligini Sovet davlati tashqi ishlar vaziri Molotov rad etgan).[3] Ribbentrop Polshaning 1914-yildagi chegarasiga qaytarilishini taklif qiladi. Yagona farqi Varshavaning Germaniyaga tegishli chegara ichida qolishi tavsiya qilingani edi. Boltiqbo'yi davlatlari orasidan Finlandiya va Estoniyaning Sovet davlatining taʼsir doirasida qolishi, Litva esa Germaniyaga tegishli ekanligi, Latviyaning esa oʻzaro boʻlib olinishi kelishilgan edi.
Shartnomaning bekor qilinishi
tahrirGermaniya 1941-yilning 22-iyun kuni Sovet davlatiga hujum qilib, shartnoma shartlarini buzgan edi. Germaniya tarafdorlari bu hujumga Sovet davlatining chegarada qoʻshin sonining oshirganini sabab qilib koʻrsatadi.[4] Faqat, Sovet davlatiga qilingan hujumning birinchi olti oyidayoq 4 milliondan ortiq sovet askarining halok boʻlishi, aslida Sovet davlatining hech qanday hujum qilish rejasi boʻlmaganini, bunday qaltis harakatlardan oʻzini tiyib turganini koʻrsatadi.[5]
Shartnomaning Yevropa kommunistik partiyalariga taʼsiri
tahrirKomintern orqali Sovetlar davlatiga „birodarlik rishtalari“ orqali bogʻliq boʻlgan kommunistik partiyalarning baʼzilari bu shartnomadan soʻng, birin-ketin tarqala boshlaydi. Jumladan, bosib olingan Gretsiyaning kommunistik partiyasi oʻz faoliyatini toʻxtatadi. Yevropadagi kommunistik partiyalar esa fashizmga qarshi umumiy kurashda qatnashishadi.
Manbalar
tahrir- ↑ Zabecki, David (2014). Germany at war : 400 years of military history. Santa Barbara, California: ABC-CLIO, LLC. s. 536. ISBN 978-1-59884-981-3.
- ↑ „Faksimile Nichtangriffsvertrag zwischen Deutschland und der Union der Sozialistischen Sowjetrepubliken, 23. August 1939 / Bayerische Staatsbibliothek (BSB, München)“. 1000dokumente.de. 2 Mayıs 2020 tarihinde kaynağından arşivlendi. Erişim tarihi: 14 Mart 2020
- ↑ Dilimize 2008 yılında çevrilen anılarında Molotov, antlaşmanın gizli maddeleri olmadığını ve Polonyaʼnın işgalinin Almanyaʼnın yayılmasını engellemek amacıyla olduğunu belirtmektedir. Feliks Çuyev, Molotov Anlatıyor / Stalinʼin Sağkoluyla Yapılan 140 Görüşme, Yordam Kitap 2008, ISBN 9944-1-2217-3
- ↑ Hitler Sovyetlere Neden Saldırdığını Anlatıyor (İngilizce), erişim tarihi: 18 Kasım 2020
- ↑ Geoffrey Roberts, Stalinʼs Wars: From World War to Cold War, 1939-1953, Yale University Press ISBN 9780300136227 s.66-67
Qoʻshimcha adabiyotlar
tahrir- Bendersky, Joseph W. A History of Nazi Germany: 1919–1945. Rowman & Littlefield, 2000. ISBN 0-8304-1567-X.
- Biskupski, Mieczyslaw B.; Wandycz, Piotr Stefan. Ideology, Politics, and Diplomacy in East Central Europe. Boydell & Brewer, 2003. ISBN 1-58046-137-9.
- Brackman, Roman. The Secret File of Joseph Stalin: A Hidden Life. Frank Cass, 2001. ISBN 0-7146-5050-1.
- Carley, Michael J. (1993). "End of the 'Low, Dishonest Decade': Failure of the Anglo-Franco-Soviet Alliance in 1939". Europe-Asia Studies 45 (2): 303–341. doi:10.1080/09668139308412091. https://archive.org/details/sim_europe-asia-studies_1993_45_2/page/303.
- Carr, Edward Hallett (1949a). "From Munich to Moscow—I". Soviet Studies (Taylor & Francis) 1 (1): 3–17. doi:10.1080/09668134908409726.
- Carr, Edward Hallett (1949b). "From Munich to Moscow—II". Soviet Studies 1 (2): 93–105. doi:10.1080/09668134908409737.
- Carr, Edward Hallett. German–Soviet Relations between the Two World Wars, 1919–1939. New York, NY: Arno Press, 1979.
- Chubaryan, Alexander O.; Shukman, Harold. Stalin and the Soviet–Finnish war 1939–40. London: Frank Cass, 2002. ISBN 0-7146-5203-2.
- Cyprian, Tadeusz; Sawicki, Jerzy (1961). Nazi Rule in Poland 1939–1945. Polonia.
- Datner, Szymon (1962). Crimes Committed by the Wehrmacht during the September Campaign and the Period of Military Government. Poznan.
- Datner, S; Gumkowski, J; Leszczynski, K (1962). Genocide 1939–1945. Wydawnictwo Zachodnie.
- Davies, N. God's Playground. Oxford University Press, 1986. ISBN 0-19-821944-X.
- Eckert, Astrid M. The Struggle for the Files: The Western Allies and the Return of German Archives after the Second World War. Cambridge University Press, 2012. ISBN 978-0-521-88018-3.
- Edwards, Robert. White Death: Russia's War on Finland 1939–40. London: Weidenfeld & Nicolson, 2006. ISBN 978-0-297-84630-7.
- Engle, Edwards; Paananen, Lauri. The Winter War: The Russo-Finnish Conflict, 1939–40. US: Westview, 1985. ISBN 0-8133-0149-1.
- Ericson, Edward E.. Feeding the German Eagle: Soviet Economic Aid to Nazi Germany, 1933–1941. Greenwood, 1999. ISBN 0-275-96337-3.
- Fest, Joachim C.. Hitler. Houghton Mifflin Harcourt, 2002. ISBN 0-15-602754-2.
- Fisher, David; Read, Anthony. The Deadly Embrace: Hitler, Stalin, and the Nazi–Soviet Pact 1939–1941. W. W. Norton & Co., 1999.
- Garlinski, Jozef. Poland in the Second World War. Hippocrene Books, 1987. ISBN 0-333-39258-2.
- Goldman, Stuart D. Nomonhan, 1939: The Red Army's Victory That Shaped World War II. Naval Institute Press, 2012. ISBN 978-1-61251-098-9.
- Halecki, O. A History of Poland. Routledge & Kegan, 1983. ISBN 0-7102-0050-1.
- Hehn, Paul N.. A Low Dishonest Decade: The Great Powers, Eastern Europe, and the Economic Origins of World War II, 1930–1941. Continuum International Publishing Group, 2005. ISBN 0-8264-1761-2.
- Kershaw, Ian. Hitler, 1936–1945: Nemesis. W. W. Norton, 2001. ISBN 978-0-393-32252-1. OCLC 244169429.
- Talvisodan pikkujättiläinen (fi). Werner Söderström Osakeyhtiö, 1999. ISBN 951-0-23536-9.
- Lewkowicz, Nicolas. The United States, the Soviet Union and the geopolitical implications of the origins of the Cold War. New York: Anthem Press, 2018. ISBN 9781783087990.
- Maser, Werner. Der Wortbruch: Hitler, Stalin und der Zweite Weltkrieg. Olzog, 1994. ISBN 3-7892-8260-X.
- Montefiore, Simon Sebag. Stalin: The Court of the Red Tsar, 5th, Great Britain: Phoenix, 2005. ISBN 0-7538-1766-7.
- Moorhouse, Roger. The Devils' Alliance: Hitler's Pact with Stalin, 1939–1941. The Bodley Head, 2014. ISBN 978-1-84792-205-2.
- Nekrich, Aleksandr Moiseevich; Ulam, Adam Bruno; Freeze, Gregory L. Pariahs, Partners, Predators: German–Soviet Relations, 1922–1941. Columbia University Press, 1997. ISBN 0-231-10676-9.
- Philbin, Tobias R III. The Lure of Neptune: German–Soviet Naval Collaboration and Ambitions, 1919–1941. University of South Carolina Press, 1994. ISBN 0-87249-992-8.
- Piotrowski, Tadeusz. Poland's Holocaust. McFarland, 2007. ISBN 978-0-7864-0371-4.
- Resis, Albert (2000). "The Fall of Litvinov: Harbinger of the German–Soviet Non-Aggression Pact". Europe-Asia Studies (Taylor & Francis) 52 (1): 33–56. doi:10.1080/09668130098253. https://archive.org/details/sim_europe-asia-studies_2000-01_52_1/page/33.
- Roberts, Geoffrey (1992a). "The Soviet Decision for a Pact with Nazi Germany". Soviet Studies 55 (2): 57–78. doi:10.1080/09668139208411994.
- Roberts, Geoffrey (October 1992b). "The Fall of Litvinov: A Revisionist View". Journal of Contemporary History 27 (4): 639–57. doi:10.1177/002200949202700405.
- Roberts, Geoffrey (1992). "Infamous Encounter? The Merekalov–Weizsacker Meeting of 17 April 1939". The Historical Journal 35 (4): 921–6. doi:10.1017/S0018246X00026224. https://archive.org/details/sim_historical-journal_1992-12_35_4/page/921.
- Roberts, Geoffrey (1995). "Soviet Policy and the Baltic States, 1939–1940: A Reappraisal". Diplomacy and Statecraft 6 (3): 695–722. doi:10.1080/09592299508405982.
- Roberts, Geoffrey. Stalin's Wars: From World War to Cold War, 1939–1953. Yale University Press, 2006. ISBN 0-300-11204-1.
- Service, Robert. A History of Modern Russia. Penguin books, 2003. ISBN 978-0-14-101121-9.
- Shirer, William L. The Rise and Fall of the Third Reich: A History of Nazi Germany. Simon & Schuster, 1990. ISBN 0-671-72868-7.
- Taylor, AJP. The Origins of the Second World War. Simon & Schuster, 1961. ISBN 978-0-684-82947-0.
- Trotter, William R. The Winter war: The Russo–Finnish War of 1939–40, 5th, London: Aurum Press, 2002. ISBN 978-1-85410-881-4. First published as A Frozen Hell: The Russo–Finnish Winter War of 1939–40. Algonquin Books, 1991. ISBN 1-56512-249-6. OCLC 58499386.
- Turtola, Martti „Kansainvälinen kehitys Euroopassa ja Suomessa 1930-luvulla“, . Talvisodan pikkujättiläinen, 1999.
- Ulam, Adam Bruno. Stalin: The Man and His Era. Beacon Press, 1989. ISBN 0-8070-7005-X.
- Vizulis, Izidors. The Molotov–Ribbentrop Pact of 1939: The Baltic Case. Praeger, 1990. ISBN 0-275-93456-X.
- From Peace to War: Germany, Soviet Russia, and the World, 1939–1941. Berghahn Books, 1997. ISBN 978-1-57181-882-9.
- Watson, Derek (2000). "Molotov's Apprenticeship in Foreign Policy: The Triple Alliance Negotiations in 1939". Europe-Asia Studies 52 (4): 695–722. doi:10.1080/713663077. https://archive.org/details/sim_europe-asia-studies_2000-06_52_4/page/695.
- Watt, DC. How War Came: the Immediate Origins of the Second World War 1938–1939, London, 1989. ISBN 978-0-394-57916-0.
- Watt, Richard M.. Bitter Glory: Poland & Its Fate 1918–1939. Simon & Schuster, 1979. ISBN 0-7818-0673-9.