Qaraimlar
Qaraimlar (oʻzlarini qaraylar deb atashadi; yahudiycha qaraim — oʻqiydigan) — 1) Ukraina (asosan, Qrimda, 1,4 ming kishi), Litva (taxminan 300 kishi) va Rossiyada (Moskva va Sankt-Peterburgda taxminan 700 kishi) yashovchi xalq. Umumiy soni sobiq Ittifoq davlatlarida 2,6 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Polsha, Fransiya va Isroilda ham yashaydilar. Qaraim tilida soʻzlashadi. Dindorlari qaraimiylikka sigʻinadi; 2) iudaizm (yahudiylik)da (8-asrda) paydo boʻlgan sekta izdoshlari, asosan, Isroilda yashaydi. Ular faqat Qadimiy ahdni muqaddas kitob deb eʼtirof etadilar.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |