Melaneziya — Okeaniyadagi yirik orollar guruxlaridan biri. Tinch oke-anning jan.garbiy qismida ekvatordan jan.-sharqqa tomon qariyb 5000 km choʻzilgan. Asosiy orollari va orollar guruxlari: Yangi Gvineya, Bismark arxipelagi, Solomon o.lari, Yangi Gebrid, Yangi Kaledoniya, Fiji o.laridan iborat. Umumiy maydoni 1 mln. km² chamasida.

M. orollari materik qoldikdaridan va vulkan otilishi natijasida hosil boʻlgan. Sayoz joylarda marjon riflari bor. Zamini kristalli, metamorfik va choʻkindi jinslardan tuzilgan. Yirik orollarning relyefi, asosan, togʻlik, eng baland joyi 5029 m (Yangi Gvineya o.dagi Jaya togʻi), sohil kismi pasttekislik. M.da vulkan otilishlari va tez-tez zilzila boʻlib turadi. Iklimi ekvatorial va subekvatorial, jan. orollarda tropik iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura 25—28°. Yillik yogʻin togʻlarning shamolga roʻpara yon bagʻirlarida 7000–9000 mm, qolgan joylarida 1000–2000 mm. Dare koʻp. Oʻsimlik dunyosi endemik turlarga boy. Shim.dagi yirik orollar qalin sernam ekvatorial oʻrmonlar, markaziy va jan. orollar mussonli oʻrmonlar va savannalar bilan qoplangan. Hayvonot dunyosi Avstraliya zoogeografik oblastiga mansub. Aholisi tropik dehqonchilik,baliq ovlash, marvarid va sadaf qidirish bilan shugʻullanadi. Kokos palmasi, kauchukli oʻsimliklar, shakarqamish, kakao, kofe plantatsiyalari bor. Sholi, makkajoʻxori, maniok, yams ekiladi. Chorva boqiladi. Yogʻoch tayyorlanadi. Nikel, kobalt, xrom, marganets rudalari; Fiji, Solomon o.laridan oltin qazib chiqariladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil