Kremniy dioksid, rangsiz kristall, amorf yoki shishasimon modda. Kimyoviy formulasu SiO2'dir. Ushbu modda Yer yuzida eng koʻp tarqalgan birikma hisoblanadi va kvars, togʻ xrustali, qumtuproq va boshqa shakllarda uchraydi. Bir necha polimorf shakl oʻzgarishi, yaʼni modifikatsiyaga ega.

Kremniy dioksid

Suyuqlanish temperaturasi 1723°, suvda eruvchanligi 10,3% (massasiga nisbatan) mineral kislotalar (NGʻ dan tashqari) va organik kislotalarda erimaydi. Silikat shisha va shishasimon materiallar, chinni, fayans, sopol buyumlar, olovbardosh va silikat gʻishtlar, sement va abraziv materiallar ishlab chiqarishda qoʻllanadi. Kvars monokristallari radiotexnikada (turli sozlovchi asboblar, filtrlar, rezovatorlar va boshqalar), elektronikada va optik asboblar tayyorlashda ishlatiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil