Chaldiron jangi
Chaldiron jangi (turkcha: Çaldıran Savaşı; 1514-yil 23-avgust) — Usmonlilarning Safaviylar ustidan qozongan hal qiluvchi gʻalabasi bilan yakunlangan jang[9][10]. Jang natijasida Usmonlilar Sharqiy Onadoʻli va Shimoliy Iroq hududlarini Safaviylardan tortib olishgan. Gʻalaba Sharqiy Onadoʻliga (Gʻarbiy Armaniston) dastlabki Usmonlilar bosqinining boshlanishi boʻlgan. Shuningdek, ushbu jang natijasida Safaviylarning gʻarbga tomon bosqini toʻxtatilgan[11]. Chaldiron jangi 41 yillik halokatli urushning boshlanishi edi. U 1555-yilda Amasiya shartnomasi bilan yakunlangan. Mesopotamiya va Sharqiy Onadoʻli (Gʻarbiy Armaniston) Shoh Abbos I (1588—1629) davrida Safaviylar tomonidan qayta bosib olingan boʻlsada, 1639-yilgi Zuhob sulhiga koʻra, Usmonlilar qoʻliga butunlay oʻtgan[12].
Chaldiron jangi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Usmonli—Safaviy urushlari | |||||||
| |||||||
Raqiblar | |||||||
Usmonli imperiyasi | Safaviylar davlati | ||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Sulton Salim I Hasan Posho †[2] Hadım Sinan Posho |
Shoh Ismoil I Abdulboqiy Yazdiy † Husayn Bek Shamlu † Saru Pira Ustajlu † Durmish Xob Shamlu Nur-Ali Xalifa Muhammad Xon Ustajlu † Sayyid Sharifiddin Ali Sheroziy † Sayid Sadriddin | ||||||
Kuchlar | |||||||
60,000[3] yoki 100,000[4][5] 100-150 toʻp[6] yoki 200 toʻp va 100 oʻqotar qurollar[2] |
40,000[7][5] yoki 55,000[8] yoki 80,000[4] | ||||||
Yoʻqotishlar | |||||||
Ogʻir yoʻqotishlar | Ogʻir yoʻqotishlar | ||||||
Usmonlilar jang maydonida 60000—100000 kishilik yaxshi qurollangan armiya hamda koʻplab ogʻir artilleriya qurollariga ega boʻlsa, Safaviylar qoʻshini 40000—80000 kishini tashkil etgan va shu bilan birga ularning ixtiyorida ogʻir artilleriya boʻlmagan. Safaviylar hukmdori Ismoil I jangda yaralanib, asirga tushishiga sal qolgan. Uning zavjalari Usmonli hukmdori Salim I tomonidan asirga olingan[13]. Bir nafari Salimning davlat arboblaridan biriga xotinlikka berilgan[14]. Ismoil bu magʻlubiyatdan keyin hukumat boshqaruvini[15] tark etadi va boshqa hech qachon harbiy yurishlarda qatnashmadi[11]. Gʻalabadan soʻng Usmonlilar Safaviylarga qarshi harbiy yurish maydonini kengaytirgan. Safaviylar poytaxti Tabrizni qisqa muddat bosib olishgan. Davlat xazinasini butunlay talon-toroj qilishgan[16][17].
Tarixi
tahrirIlgari Sulton Salim I bir necha bor Safaviylarga qarshi kurashgan. 1505-yilda Shoh Ismoilning akasi boshchiligidagi Safaviylar qoʻshinini magʻlub etib, mamlakat hududidan quvib chiqargan, koʻplarini qirgʻin qilgan[18][19]. 1507-yilda Arzinjon jangida Shoh Ismoil Usmonlilar yerlari boʻylab Dulqodiriylarga hujum boshlagandan soʻng,Sulton Salim Arzinjonga yurish qilib, Shoh Ismoil tomonidan unga qarshi yuborilgan Safaviylar qoʻshinini magʻlub etdi[20][21]. U 1510-yil Trabzon yurishida Safaviylarga qarshi yana bir bor kurash olib borib, Shoh Ismoilning akasi ustidan gʻalaba qozonadi[22].
Manbalar
tahrir- ↑ A Global Chronology of Conflict: From the Ancient World to the Modern Middle East. ABC-CLIO, 2010 — 483-bet. ISBN 978-1851096725.
- ↑ 2,0 2,1 Savory 2007, s. 42.
- ↑ Keegan & Wheatcroft, Whoʻs Who in Military History, Routledge, 1996. p. 268 „In 1515 Selim marched east with some 60,000 men; a proportion of these were skilled Janissaries, certainly the best infantry in Asia, and the sipahis, equally well-trained and disciplined cavalry. […] The Persian army, under Shah Ismail, was almost entirely composed of Turcoman tribal levies, a courageous but ill-disciplined cavalry army. Slightly inferior in numbers to the Turks, their charges broke against the Janissaries, who had taken up fixed positions behind rudimentary field works.“
- ↑ 4,0 4,1 Encyclopedia of the Ottoman Empire, ed. Gábor Ágoston,Bruce Alan Masters, page 286, 2009
- ↑ 5,0 5,1 McCaffrey 1990, ss. 656–658.
- ↑ Ágoston, Gábor (2014). "Firearms and Military Adaptation: The Ottomans and the European Military Revolution, 1450–1800". Journal of World History 25: 110. doi:10.1353/jwh.2014.0005.
- ↑ Roger M. Savory, Iran under the Safavids, Cambridge, 1980, p. 41
- ↑ Keegan & Wheatcroft, Whoʻs Who in Military History, Routledge, 1996. p. 268
- ↑ Ira M. Lapidus.
- ↑ Mustafa Çetin Varlık (1988—2016). „ÇALDIRAN SAVAŞI Yavuz Sultan Selim ile Safevî Hükümdarı Şah İsmâil arasında Çaldıran ovasında 23 Ağustos 1514’te yapılan meydan savaşı“. TDV Encyclopedia of Islam (44+2 vols.) (in Turkish). Istanbul: Turkiye Diyanet Foundation, Centre for Islamic Studies.
- ↑ 11,0 11,1 Mikaberidze 2015.
- ↑ Leslie P. Peirce, The Imperial Harem: Women and Sovereignty in the Ottoman Empire, (Oxford University Press, 1993), 37.
- ↑ The Cambridge History of Iran, ed.
- ↑ Leslie P. Peirce, The Imperial Harem: Women and Sovereignty in the Ottoman Empire, (Oxford University Press, 1993), 37.
- ↑ Moojan Momen, An Introduction to Shiʻi Islam: The History and Doctrines of Twelver Shiʻism, (Yale University Press, 1985), 107.
- ↑ Leslie P. Peirce, The Imperial Harem: Women and Sovereignty in the Ottoman Empire, (Oxford University Press, 1993), 37.
- ↑ Aktürk, Ahmet Serdar (2018). „Family, Empire, and Nation: Kurdish Bedirkhanis and the Politics of Origins in a Changing Era“. Journal of Global South Studies. 35 (2): 393. doi:10.1353/gss.2018.0032. ISSN 2476-1419. S2CID 158487762.
- ↑ God’s Shadow: The Ottoman Sultan Who Shaped the Modern World.
- ↑ Tucker, Spencer C., ed. (2010). A Global Chronology of Conflict: From the Ancient World to the Modern Middle East. ABC-CLIO. p. 483. ISBN 978-1851096725.
- ↑ The Last Muslim Conquest: The Ottoman Empire and Its Wars in Europe.
- ↑ Matthee, Rudolph (Rudi). „Safavid Persia:The History and Politics of an Islamic Empire“. Retrieved 26 May 2014.
- ↑ Osmanʼs Dream.
Adabiyotlar
tahrir- Yves Bomati and Houchang Nahavandi,Shah Abbas, Emperor of Persia,1587-1629, 2017, ed. Ketab Corporation, Los Angeles, ISBN 978-1595845672, English translation by Azizeh Azodi.
- Floor, Willem (2001). Safavid Government Institutions. Costa Mesa, California: Mazda Publishers. ISBN 978-1568591353.
- McCaffrey, Michael J. (1990). „ČĀLDERĀN“. Encyclopaedia Iranica, Vol. IV, Fasc. 6. pp. 656-658.
- Mikaberidze, Alexander (2015). Historical Dictionary of Georgia (2 ed.). Rowman & Littlefield. ISBN 978-1442241466.
- Savory, Roger (2007). Iran Under the Safavids. Cambridge: Cambridge University Press. ISBN 978-0521042512.