Cape Coast
Cape Coast (talaffuzi: Keyp Kost) — Gananing janubiy qismida joylashgan shahar. Cape Coast markaziy viloyatining maʼmuriy markazi hisoblanadi. Aholisi 1990-yillar boshlarida 100 ming kishidan ziyod boʻlgan. Gvineya qoʻltigʻi sohilida baliq ovlash porti mavjud. Oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Mamlakatning qadimiy madaniy markazi hisoblanmish Qadimiy qalʼa saqlangan. Shaharga 1652-yilda asos solingan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |