Axsarbek Abayev
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (May 2024) |
Axsarbek Magometovich Abayev (osetin: Ӕбати Мӕхӕмӕти фурт Ӕхсарбег ; 1923-yil 14-dekabr, Xristianovskoe, Gorskiy ASSR, RSFSR — 1982-yil 13-may, Digora, Shimoliy Osetiyan ASSR, RSFSR) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (16.05.1944).
Axsarbek Abayev | ||
---|---|---|
1940-yillarning fotosurati | ||
Asl ismi | osetin: Ӕбати Мӕхӕмӕти фурт Ӕхсарбег | |
Tavalludi |
14-dekabr 1923-yil Xristianovskoe, Gorskiy ASSR, RSFSR | |
Vafoti |
1982-yil 13-may (58 yoshda) Digora, Shimoliy Osetiyan ASSR | |
Fuqaroligi | SSSR | |
Qoʻshin turlari | piyoda askarlar | |
Xizmatdagi yillari | 1942-1945-yillar | |
Unvoni | ||
Harbiy qism | 6-gvardiya oʻqchilari polki, 2-gvardiya oʻqchilari diviziyasi, 56-armiya, Shimoliy Kavkaz fronti | |
Jang/urush | Ikkinchi jahon urushi | |
Mukofotlari |
|
Hayoti
tahrirAxsarbek Abayev Gorskiy ASSR Xristianovskoye qishlogʻida (hozirgi Shimoliy Osetiyaning Digora shahri) dehqon oilasida tugʻilgan. Oʻrta maktabning 7 sinf maʼlumotiga ega, kolxozda ishlagan[1].
1942-yil avgustda Sovet Armiya safiga chaqirilgan. Shimoliy Kavkaz frontida jang qilgan. Kavkaz uchun jangda koʻrsatgan jonbozligi uchun „Jangovar xizmatlari uchun“ va „Kavkaz mudofaasi uchun“ medallari bilan mukofotlangan, gvardiya serjanti unvonigacha koʻtarilgan[2].
1943-yil 3-noyabrda 6-gvardiya oʻqchila polkining guruh komandiri gvardiya serjanti Axsarbek Abayev, hozirgi Kerch shahridagi Mayak qishlogʻi yaqinida Kerch yarim orolidagi platsdarmni kengaytirish uchun jangda dushmanning kuchli pulemyot olovi ostida birinchi boʻlib hujumga otiladi. Komandirning namunasidan ilhomlanib, gvardiyachilar dushman turgan joyga yorib kirib, uni transheyadan siqib chiqaradi. Bu jangda, boʻlinmaning muvaffaqiyatini taʼminlab, gvardiya serjanti Axsarbek Abayev 40 nafar fashistni yoʻq qiladi va 6 tasini asirga oladi[3].
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 16-maydagi farmoni bilan „Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qoʻmondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun“, gvardiya serjanti Axsarbek Magometovich Abayev Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan[4].
1945-yilda Axsarbek Abayev zaxiraga boʻshatilgan. 1947-yilda Orjonikidze temir yoʻl texnikumini tamomlagan. Digora shahrida yashab, mehnat qilgan. 1982-yil 13-mayda vafot etgan[3].
Xotirasi
tahrir- Shimoliy Osetiya Respublikasining Digora shahrida Qahramonning byusti oʻrnatildi.
- Digora shahardagi 3-sonli umumtaʼlim maktabi uning nomi bilan ataladi, maktab binosiga memorial lavha oʻrnatildi.
- Axsarbek Abayev istiqomat qilgan uyga yana bir memorial taxta oʻrnatildi.
- Digora shahar koʻchalaridan biriga uning nomi berildi.